Hukmron partiya ijroçi kotibi Irakliy Kobaxidzening ta'kidlaşiça, Saakaşvili mamlakatdagi qutblanişning boş manbasi hisoblanadi va mamlakat uçun muammolar tuğdirmoqda. “Mixail Saakaşvili konstitutsiyada saylovlarga qöyilgan ikkita talabga töğri kelmaydi – u Gruziya fuqarosi hisoblanmaydi va ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan”, deb eslatib ötgan Kobaxidze. 

Şu sababli “Gruziya orzusi” tomonidan yetakçilari saylov qonunçiligiga muvofiq kelmaydigan partiyalarga saylovlarda iştirok etiş uçun röyxatdan ötişni taqiqlovçi qonun loyihasini tayyorlamoqda. 

“Bu özgarişlar konstitutsiyaviy talablarning nafaqat tegişliça bajarilişini ta'minlaydi, balki Gruziya demokratiyasining ravon rivojlanişiga katta hissa qöşadi”, deb aytgan partiya kotibi.

Gruziyada 31 oktyabrda parlament saylovlarining 1-turi bölib ötgandi. Unda “Gruziya orzusi” 48 foiz ovoz olgan. Tarkibiga Saakaşvilining “Umumiy milliy harakat” partiyasi kiruvçi muxolifat bloki “Kuç birlikda” 27,12 foiz bilan 2-örinni egallagan. 2-turda esa “Gruziya orzusi” vakillari barça saylov uçastkalarida ğalaba qozongan va ularning har biri 85 foizdan köproq ovoz töplagan.