Belgilanişiça, 2021 yil 1 apreldan boşlab davlat va xöjalik boşqaruv organlari, davlat muassasalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jismoniy şaxslardan:

a) quyidagi faktlarni tasdiqlovçi:

  • ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi;
  • narkologiya böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi;
  • sudlanganlik;
  • manzil-ma'lumot axboroti;
  • fuqaroning nomida şaxsiy uy-joy borligi yoki yöqligi;
  • turar joyning maydoni;
  • soliq qarzi bor yoki yöqligi;
  • soliq tölovçi jismoniy şaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qöyilganligi;
  • pensiya va nafaqa miqdori;
  • pensiya va nafaqa oluvçilar röyxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
  • nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi töğrisidagi;

b) quyidagi hujjatlarni:

  • şaxsni tasdiqlovçi hujjatning nusxasi;
  • şaxsning belgilangan şakldagi fotosurati;
  • tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma'lumotnomalari;
  • kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;
  • mehnat daftarçalari va ularning nusxalari;
  • iş haqi va iş stajini, oliy va örta maxsus ta'lim muassasasida öqiganlikni tasdiqlovçi arxiv ma'lumotnomalarini talab qiliş bekor qilinadi.

Bunda, davlat va xöjalik boşqaruv organlari, davlat muassasalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jismoniy şaxslarga davlat xizmatlarini körsatiş va boşqa ma'muriy tartib-taomillardan ötiş, şuningdek işga qabul qiliş jarayonida mazkur bandda belgilangan hujjat yoki ma'lumotlarni oliş zarurati mavjud bölganda, ularni ma'lumotlarni beriş uçun mas'ul bölgan davlat organlari va taşkilotlaridan mustaqil ravişda, şu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali sörab oladi.

Körsatilgan hujjat yoki ma'lumotlarning davlat va xöjalik boşqaruv organlari, davlat muassasalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jismoniy şaxslardan talab qilinişi davlat xizmatlari körsatiş sohasidagi qonun hujjatlarini buziş deb hisoblanadi.