3 yoşli “kattakon”
Dastlabki qahramonimiz 3 yoşli Zoyirjon Rustamjonov. Namanganlik bu bolajonning onasi Mahfuza Şahobova uni kattalardek erkalab “bu kişi” deb muomala qilarkan. Vaziyat jiddiy, oylardirki davom etayotgan davolanişlar oilani çöktirib qöygan.
– Uç öğlim bor, lekin har birining örni boşqa, ayniqsa, betob bölgan mana şu kenjam uçun jonimni berişga tayyorman. Bularning ajrini olişdan umidim bor. Otasi, yaqinlarimiz ertayu-keç tinmay şu kunlarga yetkazib kelişdi. Endi yaxşilardan yordam söraşga majbur böldik. Alloh har birlarining savoblarini köpaytirib bersin deydi, – bolasini quçib yiğlayotgan ona.

Zoyirjon Rustamjonovga oid ma'lumotlar:
Uzkard: 8600 0417 3938 0906 (Agrobank, onasi Mahfuza Şahobova nomida)
Visa: 4097821100710230 (Rustamjon Jabboroov nomida)
Sberbank: 2202201597519137 (Muzaffar Jabborov nomida)
Telefon raqami: +998995158489 (onasi)
Ona, men ölib qolamanmi?
Beş yaşar qizaloqning bunday savol berişini tasavvur qiliş qiyin. Ammo bu maskanda bunaqa savollar köp takrorlanadi. Çunki dard muştday bolalarni tezda ulğaytirib qöyadi.
– Buxorodan kelganmiz. Qizim Sevinç Elmurodova endigina 5 yoşga kirdi. Birinçi kelganimizda kimyoterapiyalarni kötara olmagan, hatto yuragi ma'lum muddat töxtab qolgandi. Juda qörqqanmiz öşanda, şifokorlarga rahmat, qutqarib qolişdi. Hozir telefonni olib telegram orqali hammadan özi yordam söraydi. Bir kuni “Ona, men ölib qolamanmi?” deganida yuragim pora-pora böldi. Men ham qizimning soğayib ketişini erta-yu keç Allohdan sörayman, – dedi Sevinçning onasi Gulmira Jumayeva.

Sevinç Elmurodovaga oid ma'lumotlar:
Uzkard: 8600 0417 0187 2534 (Agrobank, otasi Ğanişer Safarov nomida)
Visa: 4097 8211 0071 0248
Sberbank: 4276 4200 3049 7076 (Abror Jumayev nomida)
Telefon raqami: +998914171613 (onasi)
Bolaning közlariga çökkan mung
Navbatdagi bemorimiz nurafşonlik Asadbek Şavkatov. 8 yoşli Asadbek 2017 yildan buyon oqqon kasalligiga qarşi kuraşib kelmoqda.

– Öğlim 3 yil avval şu kasallikka çalinganida uzluksiz 2 yil davolangandik. Ötgan yili şifo topdik deb xotirjam bölganimizda 2020 yilga kelib bu oğir dard yana qaytalanib qoldi. Bolaginam bu orada onkologik kasallikdan ham davolanib, operatsiya bölib çiqdi. Bu şifoxonada bir kunni ötkaziş qanday ekanligini mana bizdan söranglar... Yaxşilar yordamiga nihoyatda muhtojmiz, – dedi onasi Hilola Umarova.
Asadbek Şavkatovga oid ma'lumotlar:
Uzkard: 8600 0423 4547 5767 (Agrobank, onasi Hilola Umarova nomida)
Visa: 4097 8211 0070 9380 (onasi Hilola Umarova nomida)
Sberbank: 4276 3802 5942 5457 (Baxtiyor Obidxöjayev nomida)
Telefon raqami: +99899 0992414 (onasi)
20 yoşimda bu körgulik
Sönggi bemorimiz çirçiqlik Doniyor Röziboyev 2000 yilda tuğilgan. Ayni böz yigitlik davrini şifoxona devorlari orasida ötkazayotgan Doniyor bugun yaxşilar kömagiga muhtoj.
– Odam soğligida bu ne'mat qadriga yetmas ekan. 20 yoşimda şu sinovga duç kelgan ekanman, heç kimga bu kasallikni ravo körmayman. Uzoq davolanib, ota-onamni ham qiynab qöydim. Topganlarini menga sarflaşayapti. Savobtalab insonlar kömagiga juda muhtoj bölib qoldik, – dedi biz bilan suhbatda Doniyor.

Doniyor Röziboyevga oid ma'lumotlar:
Uzkard: 8600 0609 6414 5578 (Xalq banki, onasi Gulzor Şoislomova nomida)
Visa: 4097 8211 0071 0248
Sberbank: 4276 4200 3049 7076 (Jumayev Abror nomida)
Telefon raqami: +998 99 435 74 16 (otasi)
Köpning berganida hikmat ham köp. Çunki moddiy yordam bilan birga şu bolalarning soğayişi sörab duolar ham qilinadi. Zero, tuşkun kayfiyatdagi ota-onalar har qanday kömakni jon deb qabul qiladilar.
Abror Zohidov,
tasvirçi Nuriddin Nursaidov.












