11 dekabr kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudining sudyasi Alişer Jalilov qotillik işi böyiça sud hukmini e'lon qildi. Bu haqda sud majlisida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ş.A.ning jasadi 8 avgust kuni keçga yaqin Qibray tumanidagi GES hududidan, sayohat çamadoniga tiqib qöyilgan holda topilgan.

52 yoşda bölgan erkak muqaddam Özbekiston Respublikasi Oliy sudida ta'minotçi vazifasida işlagani haqida ma'lumotlar bor. Şuningdek, u Samarqand viloyatida tuğilgani, poytaxtning Yakkasaroy tumanida yaşab kelgani ma'lum.

Murdani közdan keçiriş davomida badanida tan jarohati va undan qolgan izlar aniqlanmagan, sud tibbiy ekspertiza bölinmasi u böynidan tömtoq jism bilan böğilişi oqibatida nafas yetişmasligidan vafot etgan, degan birlamçi xulosani bergan.

11 dekabr kuni sudlanuvçi M. himoya sözida qotillikka aloqador aybini tan olib, qamoq bilan boğliq bölmagan jazo tayinlanişini söradi.

«Ijozat bersangiz, sönggi sözimni yozma topşiraman. Advokatim sözlarini qöllab-quvvatlayman. Ya'ni, faqat 241 böyiça (Jinoyat kodeksining 241 moddasi («Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yaşiriş») nazarda tutilgan jinoyat böyiça – tahr.) aybimga iqrorman. Qolgan uçta moddaga rozi emasman. Marhumning qarindoş va yaqinlaridan keçirim sörayman. Iloji bölsa, yoşim hurmati, keyin bolalarim bor... Mumkin bölsa, qamoq jazosi bölmagan, boşqa jazo tayinlang», — dedi M.

Qotillikni amalga oşirgan H. ham sönggi sözida qonun doirasida unga yengilroq jazo tayinlanişini söradi.

«Muqaddam sudlanmaganim, jamiyatga tegişi mumkin bölgan nafimni hisobga olib, yengillaştiruvçi holatlarni inobatga olib, jazo tayinlang», — dedi u.

Sudning hukmiga köra, H. Jinoyat kodeksining 97 moddasi («Qasddan odam öldiriş») 2 qismi «v» («aybdorga ayon bölgan ojiz ahvoldagi şaxsni») bandi va 227 moddasi («Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş») 2 qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli, deb topildi. Unga, jinoyatlar majmui tariqasida tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan, uzil-kesil 19 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.

Sudlanuvçi M. Jinoyat kodeksining 227 moddasi («Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş») 2 qismi «a» bandi va 241 moddasi («Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yaşiriş») ikkinçi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybli, deb topildi. Unga, jinoyatlar majmui tariqasida tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan, uzil-kesil 5 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.

Jabrlanuvçining qonuniy vakili G. esa sud hukmidan norozi bölib, jinoyatçilarga umrbod qamoq jazosi berilişini söragani haqida gapirdi. Marhum yaqin qarindoşlaridan biri sud hukmi ustidan yuqori instansiyaga şikoyat qilişini ma'lum qildi.

Alişer Rözioxunov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Şerzod Egamberdiyev.