Xabarga köra, 8 avgust kuni keçga yaqin Qibray tuman IIBga «Qodiriya GESlar kaskadi» unitar korxonasi 11-sonli GESining 2-avankamerasida sayohat çemodaniga inson jasadi tiqib qöyilgani haqida xabar kelib tuşadi.
Hodisa joyi közdan keçirilganda, yarim oçiq holatdagi «BIAHao» sayohat çemodani içida soçlariga oq oralagan erkak kişining jasadi borligi ma'lum böladi.
Murdani közdan keçiriş davomida uning badanida tan jarohati va undan qolgan izlar aniqlanmagan. Şimining çöntagidan jami 410 000 söm miqdorda naqd pul topilgan.
Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida murdaning şaxsiga oydinlik kiritilgan: u 1968 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, poytaxtning Yakkasaroy tumanida istiqomat qilib kelgan Ş.A. ekani aniqlangan.
Marhum muqaddam Özbekiston Respublikasi Oliy sudida ta'minotçi vazifasida işlagani aytilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, Ş.A. şu yilning 7 avgust kuni ertalab uyidan «Gentra» avtomobilida Toşkent şahridagi Respublika şoşilinç tez tibbiy klinik (sobiq 6-sonli) şifoxonasiga çiqib ketgan. Hozirda mazkur transport vositasini qidiriş işlari olib borilmoqda.
Böstonliq tumani sud tibbiy ekspertiza bölinmasining birlamçi ma'lumotnomasida marhum Ş.A. «böyin a'zolari tömtoq jism ta'sirida siqilişi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya»dan vafot etgani qayd etilgan.
Holat yuzasidan Qibray tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
«Jinoyatni foş etiş maqsadida Toşkent viloyat IIBB, Toşkent şahar IIBB hamda tuman IIB xodimlaridan iborat tezkor guruhlar taşkil etilib, tergov hamda tezkor-qidiruv harakatlari amalga oşirilmoqda», - deyiladi Boş prokuratura axborotida.

















