Sohada yetakçi xalqaro olimlar guruhidan taşkil topgan obröli Global Carbon Project’ning aytişiça, 2020 yil yakunigaça atmosferaga 34 milliard tonna karbonat angidrid çiqariladi. 2019 yilda bu körsatkiç 36,4 milliard tonnani taşkil qilgandi.

Olimlarning sözlariga köra, bu körsatkiçning pasayişi odamlar uyda qolib, avtomobil va samolyotdan kamroq foydalanayotgani bilan boğliq va pandemiyadan keyin avvalgi körsatkiçlarga qaytiladi. Yerusti transporti jami karbonat angidridning beşdan birini taşkil qiladi.

Olimlarning ayni guruhi bir neça oy muqaddam karbonat angidrid emissiyasi 4-7 foizga kamayişi mumkinligini taxmin qilişgandi.

«Koronavirusning ikkinçi tölqini va sayohatlarning keskin kamayişi körsatkiçning 7 foiz bölişini ta'minladi. Bu borada pasayiş AQŞda 12 foiz, Yevropada 11 foizni taşkil qilgan bölsa, Xitoyda bor-yöği 1,7 foiz böldi. Buning sababi Xitoy izolyatsiyani ertaroq boşladi va ikkinçi tölqin bölmadi. Undan taşqari, Xitoyning karbonat angidrid çiqitlari asosan sanoat korxonalaridan çiqadi, boşqa davlatlarga öxşab transportdan emas. 2020 yilda körsatkiçlar pasayganiga qaramay, dunyoga har sekundda 1075 tonna karbonat angidrid çiqarilmoqda. 2019 yildagi hisob-kitoblarga köra, 2018-2019 yillarda karbonat gazi çiqişi atigi 0,1 foizga oşgan. Ön yil avval bu körsatkiç 3 foiz edi. Pandemiyadan söng karbonat angidrid gazi çiqiş körsatkiçi yana kötarilişi kutilayotgan esa-da, olimlar 2019 yilgi körsatkiçlar çöqqining eng yuqorisi bölganini taxmin qilişmoqda», deydi iqlim özgarişlari böyiça olim Korin Leker.

Stenford universiteti olimi Kris Fild pandemiyadan söng karbonat angidrid emissiyasi yana köpayişini taxmin qilgan. «Ammo biz kelajakda uni kamaytirişda yordam beradigan saboq oldik, deb umid qilaman», deb öz fikrini bayon qilgan u.