«2020 yil murakkab keçdi. Yil mobaynida kitobsevarlar turli yönalişdagi kitoblar mutolaasiga berilişdi. Bu yilda goho «Qora tanlilar hayoti qadrli» (Black Lives Matter) qarşilik harakatlari asosida yotuvçi adolatsizlik kabi murakkab mavzularga şönğigim keldi. Gohida esa sekinroq sur'at kerak edi, kun oxirida yengilroq narsalar mutolaa qildim.

Natijada köplab ajoyib kitoblarni öqib çiqdim. 2020 yil öz nihoyasiga yetar çoğda turli mavzulardagi beş kitobni öqişni tavsiya qilmoqçiman. Yilni yaxşi kayfiyatda yakunlaş uçun özingizga mos kitobni topa olasiz, degan umiddaman», deb yozadi u.

«Yangi Jim Krou: daltonizm davrida ommaviy hibs». Muallif – Mişel Aleksander

(The New Jim Crow: Mass Incarceration in the Age of Colorblindness)

Kitob oq tanlilardan farqli jamiyatlar, xususan, qora tanlilar jamiyatining jinoiy sud tizimi tomonidan adolatsizlarça ta'qib qilinişini foş qiladi. Ayniqsa, ommaviy qamoqlar tarixini juda yaxşi tuşuntirib beradi.

«Kitobni öqib, bizga hukmlar çiqarişda adolatliroq yondaşuv kerakligiga va rangli jamiyatlar himoyasiga köproq investitsiya kiritiş lozimligiga işonç hosil qildim», deydi Geyts.

«Diapazon: ixtisoslaşgan dunyoda nega universallar ğalaba qilişi haqida». Muallif – Devid Epnşteyn.

(Range: Why Generaliss Triumph in a Specialized World)

Kitob göyoki tobora torroq ixtisoslaşuv talab etilayotgan dunyoda aslida «keng dunyoqaraş, turfa sohalardagi tajriba va qaraşlarga ega» insonlar kerakligi haqida hikoya qiladi.

Unda professional tennisçi Rodjyer Federerdan tortib sovuq uruş davrida sovet masalalari böyiça ekspertlargaça misollar keltirilgan.

«Kitob Microsoft'ning ayrim muvaffaqiyatlarini izohlaşga ham yordam beradi. Çunki biz öz sohasida va boşqa barça sohalarda haqiqiy bilimga ega insonlarni yollardik. Keng profildagi mutaxassis bölsangiz-u, tor doiradagi ixtisoslaşgan hamkasblaringiz soyasida qolayotgandek his qilsangiz, kitob siz uçun», – deydi kitob haqidagi taassurotlari bilan örtoqlaşgan Geyts.

«Buyuklar va jirkançlar: Blits töpböroni paytidagi Çerçill, oila va itoatsizlik haqida saga». Muallif – Erik Larson.

(The Splendid and the Vile: A Saga of Churchill, Family, and Defiance During the Blitz)

Germaniya Angliyani bombalar bilan zabt etmoqçi bölgan, inglizlar tunlarni yertöla va metro stansiyalarida ötkazgan 1940–1941 yillar. Kitob şu haqda.

Garçi bu yillar dahşatliroq bölsa-da, inglizlar his qilgan qörquv va vahima COVID-19 pandemiyasi davridagi bizning holatimizni yodga soladi. Larson dahşatli uruş davrida oddiy fuqarolarning hayoti qanday bölganini aniq tasvirlab beradi.

Erik Larson bu kitobida inqirozdan çiqib ketgan Uinston Çerçill va uning maslahatçilari kabi bir qança britan yetakçilarining hayotini ham hikoya qiladi.

«Ayğoqçi va xoin: sovuq uruşdagi eng olamşumul josuslik hikoyasi». Muallif – Ben Makintayr.

(The Spy and the Traitor: The Greatest Espionage Story of the Cold War)

Hujjatli asar britanlarga agentlikka yollangan KGB ofitseri Oleg Gordiyevskiy va uni sotgan amerikalik sotqin Oldriç Eyms haqida sözlaydi. Muallif asarni yaratişda nafaqat ğarb manbalari (xususan, Gordiyevskiyning özi), balki rus manbalariga ham tayanadi.

«Tuzli nafas: davosiz genetik kasallik, fandagi yangi davr, tibbiyotni özgartirgan bemorlar va oilalar». Muallif – Bidjal P.Trivedi

(Breath from Salt: A Deadly Genetic Disease, a New Era in Science, and the Patiens and Families Who Changed Medicine)

Asar fibroz ösimtasi bilan kasallangan bemorlar va ularning oilalari hayotini yaxşilagan ajoyib ilmiy innovatsiyalar haqida ma'lumot beradi.

«Kitobda tilga olingan dorilar haqiqatda yordam bergan oilalarni özim şaxsan taniyman. Yaqin yillarda bu kabi kitoblarni köplab köramiz, deb öylayman. Çunki biotibbiyot yuqori sur'atlarda rivojlanib bormoqda», – deydi Microsoft asosçisi.