Şveytsariyaning Swiss Re suğurta kompaniyasi bergan ma'lumotga köra, AQŞ hududida yuz bergan yonğinlar va Atlantika okeanidagi rekord miqdordagi töfonlar keltirgan zararlarni qoplab beriş uçun suğurta kompaniyalari 76 millard dollar çiqim qilişgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

2019 yilda 54 milliard dollarga teng bölgan bu körsatkiç joriy yilda 40 foizga ortgan. Jami summaning 7 milliardi inson omili bilan yuz bergan talafotlar uçun tölab berilgan.

Suğurta sanoatidagi tölovlar 2020 yilda jami 83 millard dollar bölib, bu suğurta tarixidagi 5-körsatkiç hisoblanadi.

«Bu kabi xarajatlarning salmoqli qismi AQŞdagi töfonlar, tornadolar, toşqin va yonğinlar uçun tölangan», deyiladi kompaniya hisobotida.

Kaliforniya, Oregon va Vaşington ştatlarida röy bergan 800dan ortiq yonğinlar oqibatida 2 million 428 ming gektar hududni qamrab olib, minglab inşootlarni xarobaga aylantirdi.

Şimoliy Atlantikada 30ta mavsumiy töfon 20 milliardlik suğurta da'volariga sabab böldi.

Iqlim özgarişi nam havo va kötarilişda davom etayotgan harorat kabi salbiy oqibatlarni keltirib çiqaradi va ular ob-havo yanada keskinroq bölişiga sabab böladi.

«Koronavirus iqlim özgarişiga ijobiy ta'sir qildi. Lekin pandemiya nihoyasiga yetgaç, global iqtisodiy tiklaniş tufayli jamiyat xarajatlari yana orta boşlaydi», deydi Swiss Re kompaniyasi boş iqtisodçisi Jyerom Jan Hegeli.