Amerikalik iqtisodçi Devid Steynman Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus ustidan Xalqaro jinoiy sudga arz qildi. The Times naşrining xabar berişiça, Steynman JSST rahbarini Efiopiyada 2013-2016 yillarda sodir etilgan qatliomga aloqadorlikda ayblamoqda.
 
Gebreyyesus JSSTga 2017 yil rahbar etib tayinlangan. Bungaça u 2005-2012 yillarda Efiopiya soğliqni saqlaş vaziri, söngra 2016 yilgaça Efiopiya taşqi işlar vaziri lavozimini egallagan va mamlakatning xavfsizlik kuçlarini nazorat qilgan 3 yuqori mansabdor şaxsdan biri bölgan.

Devid Steynman esa AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi maslahatçisi hamda 27 yil davomida Efiopiya demokratik harakatining yetakçi xorijiy maslahatçisi bölgan. Uning ta'kidlaşiça, Gebreyyesus Efiopiya taşqi işlar vazirligida işlaganda mamlakatning xavfsizlik kuçlari harakatlari böyiça qarorlar qabul qiliş uning zimmasida bölgan. Bu harakatlar esa “qotilliklar, asossiz hibsga olişlar va efiopiyaliklarni azoblaşni” öz içiga olgan.

Steynmanning ta'kidlaşiça, Gebreyyesus “muxolifat nomzodlari va tarafdorlarini qörqitiş”ga aloqador. Bundan taşqari, JSSTning amaldagi rahbari “amxara, konso, oromo va somali elatlarini töliq yoki qisman yöq qiliş maqsadida uşbu elatlar vakillarini öldiriş, ularga oğir tan jarohatlari yetkaziş”ni nazorat qilgan. Steynmanning aytişiça, Gebreyyesus Efiopiya taşqi işlar vazirligiga rahbarlik qilgan yillarda mamlakatdagi tuzum “uning qöl ostidagilar tomonidan insoniylikka qarşi sodir etilgan katta kölamli va tizimli jinoyatlar” bilan ta'riflangan.  

Bu orada joriy noyabrda Efiopiya armiyasi ştab boşliği general Berxanu Jula JSST rahbarini noyabrda qurolli mojaro avj olgan Tigray viloyatiga qurol yetkazişga urinişda ayblagan va uni öz lavozimidan ketişga çaqirgan. Öşanda Gebreyyesus ayblovlarni rad etgan va “bu ixtilofda heç kimning tomonida emasligini” aytgan. “Bu yolğon va şuni aytmoqçimanki, men tinçlik tomonidaman”, deb aytgan JSST rahbari.