Xalq ta'limi vazirligi yangi yil bayramini nişonlaş bilan boğliq çeklovlar yuzasidan izoh berdi.
«Xalq ta'limi vazirligi yangi yil bayramini nişonlaş bilan boğliq çeklovlar pandemiya şaroitida bolalar va xodimlar xavfsizligini ta'minlaş, maktablarda ota-onalardan turli noqonuniy pul yiğimlarining oldini oliş maqsadida joriy etilayotganini ma'lum qiladi.
Şuningdek, umumta'lim maktablarining öquvçilari iştirokida yopiq binolarda turli bayram tadbirlari va keçalarini taşkil etiş va ötkaziş Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qoliş maqsadida ham taqiqlanadi.
Maktab foyesi va sinf xonalarini öquvçilarning qöllari bilan yasalgan bezaklardan taşqari, sun'iy arça va elektr çiroqlar bilan bezatiş bilan boğliq çeklovlar yonğin yuzaga keliş xavfining oldini olişni közda tutadi.
Bolalar bilan yangi yil bayrami tadbirlarini Özbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Bolajon» va «Yoşlar» telekanallari orqali taşkil etiladigan yangi yil telemarafonini tomoşa qiliş hamda oila davrasida ötkaziş tavsiya etiladi.
Bolalar xavfsizligi va salomatligi barça narsadan ustun!» – deyiladi vazirlik axborotida.
Avvalroq Soğliqni saqlaş vazirligi yangi yil tadbirlari va koronavirus böyiça ogohlantiriş bilan çiqqan edi.












