Bugun, 14 dekabr kuni Toşkent şahridagi Hilton mehmonxonasida Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (UNODC)ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi va Xalq ta'limi vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Boş prokuratura akademiyasi hamkorligida «Men sportni tanlayman!» ijtimoiy motivatsion videoroliklar taqdimoti ötkazildi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, videolavhalar UNODC'ning Doxa Deklaratsiyasini amalga oşiriş böyiça global dasturining komponenti bölgan «Sport orqali yoşlar örtasida jinoyatçilikning oldini oliş» taşabbusi doirasida işlab çiqilgan.
Ma'lum qilinişiça, olimpiya öyinlari ğoliblari ijobiy örnak sifatida iştirok etadigan videolavhalarda yoşlarning sportga jalb qilinişi soğlom turmuş tarzi va sportni tarğib qiliş orqali jinoyatçilik, zöravonlik va giyohvandlikning oldini olişda muhim vosita hisoblanadi.

Yoşlar işlari agentligi direktori örinbosari Farrux Omonovning aytişiça, bu roliklar taqdimoti BMT agentliklari bilan hamkorlikda taşkil qilinayotgan katta loyihaning bir qismi xolos.
«Farğona vodiysida yoşlar uyğunligi» loyihasi BMTning 3 ta agentligi hamkorligida amalga oşirilayotgan 2020-2021 yillarga möljallangan juda katta loyiha.
Loyiha doirasida Farğona vodiysidagi yoşlarning turli yönalişdagi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş közda tutilgan. Bular yoşlarning tadbirkorligi va bandligini qöllab-quvvatlaş, yoşlarga oid davlat siyosatining hududlardagi ijrosi masalasi va yoşlarning IT sohasidagi savodxonligini oşirişga doir dasturlardir.
Bugungi videoroliklar ham ana şu loyihaning kiçik, lekin dolzarb yönalişi. Yoşlar örtasida jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va ularning kuçidan samarali foydalanib, hayotga töğri yönaltiriş va qöllaş orqali jamiyatda öz örnini topişiga yordam qiliş.
Yoşlarimiz bugun vizual körinişdagi ma'lumotlarni yaxşiroq qabul qilişadi. Bu loyihaning maqsadi ham şundan iborat. Öylaymizki bunday loyihalar yoşlarimizga manzur keladi va biz bu yönalişdagi işlarimizni davom ettiramiz”, - deydi agentlik vakili.












