Buyuk Britaniyada koronavirusga qarşi vaksinatsiya kampaniyasining dastlabki haftasida 138 mingga yaqin kişi emlandi. Bu haqda vaksinatsiya dasturini nazorat qiliş böyiça vazir Nadhim Zahavi ma'lum qildi.
"Vaksinatsiya dasturi yaxşi boşlandi. Yetti kun ötdi va Angliyada 108 ming, Uelsda 7897, Şimoliy Irlandiyada 4000, Şotlandiyada 18 ming kişi emlandi. Jami 137 897 kişi", – deb yozdi Zahavi Twitter sahifasida.
Eslatib ötamiz, 8 dekabrda Buyuk Britaniya dunyoda birinçi bölib koronavirusga qarşi ommaviy emlaşni boşladi. Britaniya hukumati Pfizer va BioNTech kompaniyalari hamkorlikda işlab çiqargan vaksinadan foydalanmoqda.
Pandemiya boşlanganidan beri Buyuk Britaniyada 1,8 mln kişida koronavirus aniqlangan, qariyb 65 ming bemor vafot etgan.













