
Özbekiston madaniy merosi haftaligining milliy kinematografiyaga bağişlangan uçinçi kunida rossiyalik taniqli teleboşlovçi hamda prodyuser Valdis Pelş "Özbekkino" bilan hamkorlikdagi loyihasi haqida e'lon qildi. U Özbekistonning kelajakdagi rivojlaniş yöli haqida futuristik janrdagi hujjatli filmni suratga oladi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Nega aynan Özbekiston? Çunki bu mamlakat ilm-fanning turli yönalişlari – geografiya, astronomiya, matematika, tibbiyot va boşqalarda arzirli yutuqlarga ega. Filmda mamlakatning 30-40 yil keyingi hayotiga nazar taşlaşga harakat qilinadi. Filmda kompyuter grafikasi, komikslardan faol foydalaniladi. Suratga oliş bilan boğliq barça byurokratik muzokaralar jarayoni keça yakunlandi”, dedi Pelş “Özbekiston kinematografiyasi: ötmiş, bugun, kelajak” mavzusidagi milliy kino kunidagi çiqişida.
Valdis Pelş bundan avval ham hujjatli fantastika yönalişidagi filmlarni suratga olgan. “Arktika, ertaga körişamiz” va “Mukammal böronning darslari” nomli filmlar insoniyat kelajagi haqida hikoya qiladi.
“Öz vaqtida Jyul Vern fantastik asarlarini tahririyatga olib kelganida uni telbalikda ayblaşgan va asarlarini aql bovar qilmas, deya ataşgan. Men ham özimni Jyul Vernday his qilişni istayapman. Hujjatli fantastika janri oson uslub emas. Film bir tarafdan haqqoniy, boşqa tarafdan fantastik bölişi talab etiladi. Film haqida ijtimoiy tarmoqda “Oşirib yuboribsan” deyişlarini istayapman», deya fikr bildirdi Valdis Pelş öz loyihasi haqida.

Loyihani amalga oşiriş böyiça Valdis Pelş va “Özbekkino” milliy agentligi örtasida şartnoma imzolandi.
Film 2021 yil kuz oylarida taqdim etilişi kutilmoqda.











