Dunyodagi eng yirik kino ma’lumotlar bazalaridan biri hisoblangan IMDb foydalanuvçilari baholari asosida eng yuqori reytingga ega 25 ta film röyxatini e’lon qildi. Reyting millionlab tomoşabinlarning 10 ballik tizimda bergan baholariga asoslanadi va yangi ovozlar qöşilişi bilan muntazam yangilanib turadi.
Reyting deyarli 80 yillik jahon kinematografiyasini qamrab olgan bölsa-da, eng yaxşi 25 filmning qariyb yarmi 1990-yillarda suratga olingan. Bu davrda yaratilgan «Şouşenkdan qoçiş» (9,3), «Şindler röyxati» (9,0), «Forrest Gamp» (8,8) va «Yaxşi yigitlar» (Goodfellas, 8,7) kabi filmlar bugungaça eng yuqori baholangan asarlar qatorida qolmoqda.
Şuningdek, 1990-yillarda ekranlarga çiqqan «Qözilar sukuti» (1991), «Rayanni qutqariş» (1998) va «Yaşil milya» (1999) filmlari ham 8,6 ball bilan eng yaxşi filmlar röyxatidan joy olgan.
Reytingda zamonaviy filmlar ustunlik qilsa-da, klassik kinolar ham yuqori örinlarni saqlab qolgan. Top-25 orasidagi eng qadimiy film - Frenk Kapraning 1946-yilda suratga olgan «Bu ajoyib hayot» filmi bölib, uning reytingi 8,6 ballni taşkil etadi. Şuningdek, Akira Kurosavaning «Yetti samuray» filmi ham xuddi şunday bahoga ega.
1957-yilda ekranga çiqqan «12 ğazablangan odam» sud dramasi IMDb reytingida oltinçi örinni egallagan. Uning reytingi 9,0 ballni taşkil etadi va u Hollivudning «oltin davri» filmlari orasida eng yuqori natijaga erişgan.
XXI asrda suratga olingan filmlardan faqat oltitasi top-25ʼga kira olgan. Ularning uçtasini Piter Jyeksonning 2001–2003-yillarda suratga olgan «Uzuklar hukmdori» trilogiyasi taşkil etadi. Uşbu filmlarning örtaça reytingi 8,9 ballni taşkil qiladi.
Qolgan uç film maşhur britan-amerikalik rejissyor Kristofer Nolanga tegişli. Uning «Qora ritsar» (The Dark Knight, 2008) filmi 9,1 ball bilan umumiy reytingda uçinçi örinni egallagan. Şuningdek, «Boşlaniş» (Inception, 2010) 8,8 ball, «Interstellar» (Interstellar, 2014) esa 8,7 ball bilan eng yaxşi filmlar qatoriga kirgan.
Hozirça «Interstellar» IMDb top-25 reytingidagi eng yangi film hisoblanadi. Naşr ta’kidlaşiça, undan keyin Kristofer Nolan «Oppengeymer» (2023) va «Odisseya» (2026) kabi yirik kinoloyihalarni taqdim etib, zamonaviy kinematografiyadagi yetakçi rejissyorlardan biri sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlagan.
Tomoşabinlar tanlovi: IMDb tarixidagi eng yaxşi 25 film
08:10 / 07.08.202614 2173 min
IMDb foydalanuvçilari baholari asosida tuzilgan reytingga köra, «Şouşenkdan qoçiş» (The Shawshank Redemption) yana dunyodagi eng yuqori baholangan film sifatida qolmoqda. Reyting şuningdek, sönggi ön yilliklarda tomoşabinlar orasida eng katta e’tirofga sazovor bölgan kartinalar va kino sanoatidagi tendensiyalarni ham aks ettirgan.
















