Foto: Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati

Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi direktori Akmal Burxonov 18 dekabr kuni Toşkentda boşlangan Yoşlar forumida agentlik oldidagi ayrim rejalar bilan örtoqlaşdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

«Hozir juda köp takliflar tayyorlayapmiz. Masalan, davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadini deklaratsiya qiliş töğrisida qonun qabul qilinsa, agar deklaratsiya töldirilmasa yoki notöğri ma'lumot kiritilsa, qanday javobgarlik belgilanişi mumkin, degan savol paydo böladi. Bu böyiça qonunçilikka intizomiy, ma'muriy va jinoiy javobgarlik töğrisida özgartiş kiritilişi kerak», – dedi Akmal Burxonov.

Foto: Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati

Uning qayd etişiça, davlat xaridlari töğrisidagi tartibni buzganlik uçun kelgusida jinoiy javobgarlik ham belgilanişi mumkin.

«Xaridlar böyiça biz hozirça ma'muriy javobgarlikni nazarda tutuvçi taklifni kiritdik. Hozir davlat xaridlarida manfaatlar töqnaşuvi bölsa yoki boşqa yöllardan foydalanilsa, ma'muriy javobgarlik belgilaş töğrisidagi hujjat Qonunçilik palatasida birinçi öqişdan ötdi.

Ikkinçi bosqiçda esa jinoiy javobgarlikka tortiş masalasi körilyapti. Agar xarid katta summada bölsa va davlatga ziyon yetkazadigan bölsa, qanday tartib belgilanişi körib çiqilmoqda», – dedi agentlik direktori uçraşuvda.

Foto: Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati

Akmal Burxonov milliy qonunçilikda noqonuniy boylik orttiriş va sovğa masalalari hali töliq tartibga solinmaganiga e'tibor qaratdi.

«Masalan, yaqinda singapurliklar bilan uçraşuv qildik. Ularning aytişiça, Singapurda 1 dollarlik pora uçun 3 oy tekşiruv olib borilgan. Bizda esa 1 dollar pora hisoblanmaydi. Lekin biz ham poraning katta-kiçigiga bir xil qaraşimiz kerak.

Agar hozir şunday kiçik miqdordagi pora haqida e'lon qilsak, «mayda işlar bilan şuğullanişyapti», deyişadi. Biroq pora summasiga teng qaralişi va bu qayta körib çiqilişi kerak.

Bizga aytişlariça, Singapurda poyezd [asosli sababsiz] yarim soatga keç qolsa, vazir avtomatik tarzda işdan ketadi. Özbekistonda ham şunday tizim yaratiş ustida işlayapmiz. Şuningdek, korrupsion jinoyat tuşunçasini kengaytirişimiz lozim», – dedi Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi direktori.