Ispaniya La Ligasi. 14-tur

19 dekabr (şanba)

BARSeLONA – VALeNSIYa
Öyin boşlaniş vaqti: 20:15
TV-translatsiya: FutbolTV

Nihoyat, «Barselona» ğalaba qozonişni boşladi, ammo aytiş mumkinki, ayniqsa, «Sosedad»ga qarşi öyindagi ğalaba u qadar işonçli körinmadi. Jamoa juda köp vaziyatlar yaratmoqda, şu bilan birga öz darvozasi oldida ham raqibga köp imkoniyatlar taqdim etayapti. Şu örinda vaziyatlardan unumli foydalanib, kerakli gollarni uradigan va muddatidan oldin öyin taqdirini hal qilib, raqibni izdan çiqara oladigan Luis Suares yetişmayapti. Antuan Grizmann esa «Atletiko»dagi sovuqqonligini yöqotib qöygandek.

«Valensiya» turnir jadvalida 14 oçko bilan 13-örinda bormoqda, lekin bundan ham badtar bölişi mumkin edi. Esingizda bölsa, yozda klub inqirozga tuşib qolgan va barça yetakçi futbolçilarini sotib yuborişga majbur bölgandi. Öşa paytdagi holatdan kelib çiqsak, «Valensiya»ning bugungi egallagan örni kutilganidan hatto yuqoriroq ham bölişi mumkin. Ayniqsa, kuçli raqiblarga qarşi öyinlarda «Valensiya» tarixni esdan çiqarmagan holda munosib böla olyapti. «Real» ustidan yirik, «Sosedad» ustidan safardagi ğalabalar sözimizga isbot böla oladi. «Atletiko» bilan öyinda ham madridliklar yagona gol evaziga ustun kelgandilar. Şuningdek, «Valensiya»ning aynan «Barselona»ga qarşi sönggi öyinlari ham ança muvaffaqiyatli keçganini ta'kidlaş kerak. Jamoalar örtasidagi oxirgi beş öyindan atigi bittasida «Barselona» ğalaba qozongan, xolos. Ikki öyinda valensiyaliklarning qöli baland kelgan. Ikki yil oldin «Valensiya» «Kamp Nou»da 2:1 hisobida ğalabaga erişgandi.

Angliya Premer-ligasi. 14-tur.

20 dekabr (şanba)

SAUTHeMPTON – MANÇeSTeR SITI
Öyin boşlaniş vaqti: 20:00
TV-translatsiya: UzReportTV

Agar pozitsion va tizimli pressing nazarda tutilsa, Angliyada bu borada eng yuqori körsatkiçlarga ega bölgan va jamoaviy öyin poydevorida aynan yuqori pressing markaziy örin tutadigan jamoalar – «Mançester Siti» va «Sauthempton»dir. Ulardan biri mana şu uslub tufayli kutilganidan yuqori örinlarda bormoqda, ikkinçisi esa aynan ma'lum uslub asiri bölib qolgani uçun muammolarga duç kelyapti. Mana şu ikki jamoa misolida biz bir narsani isbotlay olamiz – detallargaça hisoblangan jamoaviy futbol örtaça jamoani bir boş yuqori sakratib, saviyaliroq raqiblarga qarşi munosibga aylantirişi mumkin. Şu bilan birga, yulduz futbolçilarga erkinlik, rang-baranglik, individuallik va improvizatsiya ham zarur. Balkim «Mançester Siti» mana şundan aziyat çekayotgandir.

«Sauthempton» 24 oçko bilan uçinçi örinda bormoqda. «Yunayted»dan alamli mağlubiyatdan söng, ikki ğalaba va «Arsenal» bilan durangga erişdi. Ya'ni oçkolarni barqaror qölga kiritayotgan «avliyolar» biroz bosimsiz töp surişlari turgan gap. «Siti»da esa vaziyat biroz oğir. Gvardiola şogirdlari imkon qadar peşqadamlarga yaqinlaşib olişi kerak. Şu tufayli «Old Trafford»dagi öyinda öta ehtiyotkor taktika tanlangandi. «Vest Bromviç» bilan kutilmagan durang vaziyatni badtar çigallaştirdi. Agar «Siti» bu turdayam oçko yöqotadigan bölsa, «Liverpul»dan 7-8 oçkoga ortda qolib ketadi. Umuman oxirgi 6 uçraşuvda «Siti»da uç durang va bir mağlubiyat bor, mezbonlarda esa yöqotişlar yöq. «Mançester Siti» tarkibida Zinçenko şu kunlarda tarkibga qaytişi kerak. Serxio Aguero «Vest Bromviç» bilan öyinda 14 daqiqa harakat qildi. Katta ehtimol bilan u asosiy tarkibga qaytsa kerak. Zero, Gvardiolaning özi ham bir neça bor argentinalik hujumçining yetişmayotganidan noligandi. Jamoa APL doirasidagi safar öyinlarida oxirgi 5 öyinda atigi 3 gol urdi. Gvardiola kabi murabbiy şogirdlari uçun juda kam.

Angliya Premer-ligasi. 14-tur.

20 dekabr (şanba)

EVeRTON – ARSeNAL
Öyin boşlaniş vaqti: 22:30
TV-translatsiya: FutbolTV

Gol uriş, ğalaba qozoniş borasida yanada ayançli ahvolda qolayotgan boşqa top klub bor – «Arsenal». Mavsumni Angliya Superkubogi sovrini va ikki işonçli ğalaba bilan boşlagan Arteta jamoasining keyingi natijalari havas qilgudek emas, hatto qörqinçli darajada umidsiz – 11 öyinda 2 ğalaba, 2 durang va 7 mağlubiyat. «Arsenal» APL da mağlubiyatlar soni böyiça faqat uç jamoadan, urilgan gollar böyiça faqat ikki jamoadan yaxşiroq bölib turibdi xolos. Oxirgi 8 öyinda atigi 3 gol urildi va bittasi penaltidan. Faqat Yevropa Ligasida guruh bosqiçining eng yaxşi jamoasi bölingani muxlislarga taskin berar. Balki bermas.

Juda yomon ötkazilgan noyabrdan söng «Everton» sekin-asta öziga kelmoqda. Qatorasiga ikki yetakçi jamoa «Çelsi» va «Lester» mağlub etildi va bu uçraşuvlarda «Everton» birorta ham gol ötkazib yubormadi. «Arsenal» bilan özaro öyinlardagi statistika londonliklarning katta ustunligini körsatsa-da, jamoalarning bugungi formasi va «Guddison Park»dagi töqnaşuvlarning har ikkitadan bittasi mezbonlarning ğalabasi yo durang bilan tugaşini e'tiborga olsak, mehmonlarni yana bir oğir uçraşuv kutib turibdi. «Arsenal»ning keyingi öyinlari Liga Kubogida «Siti» va APLda «Çelsi» bilan derbi ekaniniyam eslatamiz, u holda Arteta rostdan ham boşi berk köçaga kirib qolgandek. Odatda bunday holatlar iste'fo yoqasida turgan murabbiylar uçun ayni muddao ham böladi. Ehtiyotkorlikni yiğiştirib, bor imkoniyatni işga solişga uriniladi. «Arsenal» aynan mana şu bosqiçga yetib kelgani balki xavfdir. Nima bölgandayam, juda yaxşi öyinoldi ssenariysiga ega bölgan uçraşuv bizni kutib turibdi. Artetaning uzoq yillar töp surgan sobiq jamoasiga qarşi ekani ham alohida hikoya. Tarkiblarga kelsak, «Arsenal» maydon markazida muammolarga duç kelsa kerak. Tomas Parti jarohat olgan. Jamoa sardori Granit Jaka esa «Byornli»ga qarşi öyinda maydondan çetlatilgandi, unda diskvalifikatsiya bor. Ötgan turda Gabriel ham qizil kartoçka olgandi – Arteta uning yordamidan ham foydalana olmaydi. Mezbonlar safida Allan va Din hali maşğulotlarga qaytmagan bölişsa, Xames Rodriges bu öyinga tayyor bölişi ham mumkin. Boşqa tarafdan Xamesning yöqligi «Everton»ni aynan top raqiblarga qarşi öyinlarda kuçliroq qila boşladi. Jamoa eski, jismoniy forma va pressinglarga urğu beradigan uslubga qaytdi va sönggi öyinlardagi ğalabalar balki aynan Xamesning yöqligi bilan boğliqdir?

Angliya Premer-ligasi. 14-tur.

20 dekabr (yakşanba)

TOTTeNHEM – LeSTeR
Öyin boşlaniş vaqti: 19:15
TV-translatsiya: FutbolTV/UzReportTV

«Mançester Siti» bilan öyin oldidan «Tottenhem»ni qiyin taqvim kutib turganini, haqiqiy sinovlar endi boşlanayotganini taxmin qilgandik. Aytiş mumkinki, Mourino bu tösiqdan yaxşi ötdi – «Siti», «Arsenal», «Kristal Pelas» va «Liverpul»ga qarşi öyinlarda 2 ğalaba va bir durang juda yaxşi körsatkiçdir. «Liverpul»ga qarşi öyinda ham sönggi daqiqalargaça durang saqlanib turildi, hatto xavfli vaziyatlar borasida ustunlik ham böldi.

Lekin bilasizmi, aslida «Tottenhem» uçun haqiqiy sinov endi boşlanyapti. Sababi, top raqiblarning uslubi Mourinoning qarşi hujum rejasiga juda mos tuşadi. «Lester», «Vulverhempton» kabi jamoalar esa aynan Jozening uslubiga yaqin töp surişadi, kerakli paytda yopilişni bilişadi. Va bu işni «Tottenhem»ning mavsum boşidagi raqiblariga nisbatan sifatliroq amalga oşirişadi. Misol uçun Jozening uşbu mavsumda eng qiyin keçgan qarşiligi «Everton» bilan bölganini ham eslaş kifoya.

«Lester» ham xuddi «Tottenhem» kabi qarşi hujumlarda samarali harakat qiladigan va quyi blokka qarşi muammolarga duç keladigan jamoadir. Yozda uşbu jamoalar örtasidagi özaro öyinda «Lester» pozitsion öynaşga uringan va londonliklar tomonidan uç bor jazolangandi. Katta ehtimol bilan öyin taşabbuskorlik bilan emas, köproq raqibning xatosini poylaş bilan boşlansa kerak. Tezkor gol barçasini özgartirib yuborişi mumkin.

Angliya Premer-ligasi. 14-tur.

20 dekabr (yakşanba)

MANÇeSTeR YuNAYTeD – LIDS YuNAYTeD
Öyin boşlaniş vaqti: 21:30
TV-translatsiya: FutbolTV/UzReportTV

Töqsoninçi, ayniqsa, 2000 yillar boşida bu töqnaşuv ingliz futbolining klassikasiga aylangan derbi bölgandi. «Lids Yunayted» çempionlik uçun kuraşgan, Çempionlar Ligasida töp surgan paytlarda APLda «Yunayted»ga munosib böla olgandi. Şuningdek, bu ikki jamoani Rio Ferdinand, Alan Smit hamda Erik Kantona kabi yulduzlar boğlab turadi. «MYu»ning çempionatda işlari yurişa boşlagani (oxirgi 6 öyinda 5 ğalaba va 1 durang), yöqotilgan oçkolar böyiça hatto 2-öringa kötarilib olgani bu uçraşuv ahamiyatini oşiradi. Nihoyat, Sulşer «Old Trafford»da ham gol urişni, ğalaba qozonişni boşlaşi zarur, aks holda safar öyinlaridagi rekordlar (qatorasiga 10 ğalaba) heç qanday naf keltirmasligi mumkin.

«Lids» APL ning eng qiziqarli jamoalaridan biri, Belsa şogirdlari qatnaşgan öyinlarda jami 46 ta gol urilgan – faqat «Liverpul»da (48) kattaroq körsatkiç xolos. Ayniqsa top raqiblarga qarşi öyinlarda «Lids» ança taşabbuskor töp surgan, vaziyatlar borasida ustunlikka erişgan. Bir tomondan «Lids»ning imkoniyatlari yuqori ekanini anglatsa-da, «Yunayted»ning sevimli qarşi hujumlari uçun ham qulaydir. Statistikaga qaralsa, «Mançester Yunayted» hisobda oldinda borgan öyinlarda ğalabani uşlab qola olgan, hattoki keyingi gollarni ham urib, ğalabani mustahkamlagan. Ya'ni, raqib taşabbusni qölga olganda tezkor qarşi hujumlarga tayaniş «Mançester Yunayted»ning eng muvaffaqiyatli işlaydigan uslubidir.

Raqiblarda yöqotişlar yöq, sönggi öyinlardagi tarkib saqlanib qolinsa kerak. Faqat Edinson Kavanining maşğulotlarga töliq kirişgani va öyinga tayyor bölişi aytildi. Kelasi haftada «Yunayted» Liga kubogi yarimfinalida «Everton» bilan öynaydi. Tabiiyki, tarkib tanlaşda öşa öyin ham e'tibor talab etadi. «Lids» esa ilk bosqiçlardayoq «Hall Siti»dan mağlubiyatga uçragan.

Germaniya Bundesligasi. 13-tur

19 dekabr (şanba)

BAYYeR – BAVARIYa
Öyin boşlaniş vaqti: 22:30
TV-translatsiya: SportTV

Barça «Dortmund» yoki «Leypsig»ning myunxenliklarga qarşilik körsatişi mumkinligi haqida taxmin qilayotganda «Bayyer» tarixni eslab qoldi va kutilmaganda, turnir jadvalida karvonboşi bölib oldi. Albatta, bu yerda tasodif yöq, axir «Bayyer» Bundesligada 12 turdan keyin mağlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan yagona jamoa bölib turibdi. Şunçaki, leverkuzenliklar dastlabki 3 turda durang öynab, jadvalda quyiga tuşib olişgandi. Keyingi 9 turda 8 ğalaba qölga kiritildi. Barça musobaqalarda oxirgi 4 öyinda yirik ğalabalar, oxirgi uç öyinda jamoa 4 tadan gol urişni uddasidan çiqdi. Beyli uç yil oldingi formasiga qaytdi, Diabi, Şik, Amiri kabi futbolçilar yuqori saviyadagi futbolni namoyiş etmoqdalar.

Bir tomondan, «Bayyer»ning mağlubiyatsiz yurişida boşqa sabab ham topiş mumkin - «Bayyer» hali turnir jadvalida peşqadam bölgan «Bavariya», «Dortmund», «Leypsig», hamda «Volfsburg» kabi jamoalarga qarşi maydonga tuşişgani yöq. Demak «Bayyer»ning haqiqiy sinovi uşbu turdan boşlanadi va yangi yilgaça jamoa ambitsiyalari borasida aniq xulosa beriş mumkin.

Flik şogirdlari mavsum boşidagi kabi öta kuçli körinişmayapti, barqarorlikka putur yetgandek. YeÇL bilan qöşganda, qatorasiga 10 öyinda ğalaba qozongan «Bavariya» oxirgi 7 öyindan 4 tasida durang qayd etdi. Bularning uçtasi Bundesliga doirasidagi raqiblarga qarşi röy berdi. Ma'lumki, jamoa avgustning oxirlarigaça yuqori sport formasini saqlab turişga majbur edi, keyinçalik Yevropa Superkubogi uçun ham bahs böldi. Ya'ni yozning boşidan beri yuqori jismoniy holatga kirgan jamoa uzluksiz olti oy mana şu tempda öyin namoyiş etib kelayotgandi. Bu holat öziga yaraşa pasayişni ham ergaştirib kelişi tayin edi va katta ehtimol bilan myunxenliklar aynan öşa davrni boşdan keçirişmoqda.

Albatta, Flik öziga yaraşa keng tarkibga ega va rotatsiyalar orqali vaziyatdan çiqib ketişi mumkin. «Bavariya» Bundesligada ança yomonroq vaziyatlardan ham çiqib ketganini körganmiz. Qaysidir ma'noda «Bayyer»ga qarşi uçraşuv keyingi vazifalar uçun hal qiluvçi maqomda böladi. «Bavariya» durangga rozi bölsa ham, u qadar hayron qoliş şart emas.