Ta'kidlanişiça, quriliş 2020 yilning sentyabr oyida boşlangan. Yangi obekt nimaga möljallangani hozirça noma'lum. 11 dekabrda olingan suratda inşoot poydevori uçun kovlangan çuqur va unda örnatilgan önlab ustunlarni köriş mumkin. Axborot agentligining fikriça, bunday ustunlar seysmik xavfli hududlarda binolarni qurişda qöllanadi.
Quriliş maydonçasi aviazarbalardan himoyalaş maqsadida toğ içida qurilgan Fordo yerosti inşootidan şimol tomonda, Fordodagi yordamçi va ilmiy-tadqiqot binolari yaqinida joylaşgan.

Associated Press’da ta'kidlanişiça, Eron uşbu obekt qurilişi haqida heç narsa ma'lum qilmagan. Eronning BMT va Atom energiyasi xalqaro agentligidagi missiyalari ham uşbu axborot böyiça izoh bermagan.
Avvalroq, dekabrda Eronda qurilayotgan yangi yadro obekti suratlari paydo bölgandi. Gap Natanz yaqinida joylaşgan sentrifugalar yiğiş yerosti sexi haqida bormoqda. Iyulda Natanzdagi yadro obektining boş binosi portlaş oqibatida vayron bölgandi.












