Fuqarolik işlari böyiça Karmana tumanlararo sudining qarzdor S.Umriuzoqovadan undiruvçi G.Eşdavlatova foydasiga 9000 ming AQŞ dollarini undiriş töğrisidagi ijro işi byuroning Navoiy şahar bölimi iş yurituviga kelib tuşgan, deb xabar beradi MIB matbuot xizmati.
Şu kunning özida davlat ijroçisi tomonidan ijro işi yuritişni qözğatiş töğrisida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdor S.Umriuzoqovaga nisbatan ijro işi ijrosini ta'minlaş uçun ixtiyoriy muddat berilgan, biroq uşbu qarz summalari öz vaqtida tölanmagan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan G.Eşdavlatova foydasiga 9000 ming AQŞ dollari undirib berildi va ijro işi Özbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi qonunining 41-moddasiga asosan iş yurituvdan tamomlandi.












