«Xalq ta'limi tizimida 700 mingdan ortiq pedagog va boşqa xodimlar faoliyat olib boradi. Albatta, bularning har birining hayoti, salomatligi biz uçun juda muhim. SSV bilan birgalikda maktablar oçilişidan oldin barça öqituvçilardan koronavirus bor-yöqligini aniqlaş uçun test olindi. Söngra ular grippga qarşi bepul emlandi.

Bundan taşqari, respublikadagi barça pedagog-öqituvçilarga kasallikning yengil va alomatsiz şakllari va gumon qilinganda uyda davolaş uçun zarur dori vositalari jamlanmasi — «COVID-box» bepul yetkazib berildi.

Şu örinda kasallaniş statistikasini olib köradigan bölsak, maktablarning oçilişi bemorlar soni köpayişiga xizmat qilmadi. Aksinça, maktablar oçilgandan söng kasallaniş körsatkiçlari kamayib bordi.

Noyabr-dekabr oylarida maktablarda faoliyat olib borayotgan öqituvçilarning 0,2 foizida kasallaniş holatlari kuzatildi. Aytmoqçi bölganim, işga çiqişidan oldin öqituvçilar ommaviy ravişda testdan ötkazilib, kasallik alomatlari aniqlangan şaxslar qolganlardan ajratib olingani, pedagoglar töliq grippga qarşi emlangani va ular «COVID-box»lar bilan ta'minlangani uçun maktablarda koronavirus keng tarqalişining oldini oldi», deya Usmon Şarifxöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bugungi kunda respublikadagi 6,2 mln öquvçining 90 foizi maktabga qatnab bilim olmoqda. Mutasaddi faqatgina katta şaharlarda yaşovçi ota-onalar farzandlarining onlayn ta'lim olişiga röyxuşlik bildirayotganini ta'kidladi.

«Maktablarni oçiş böyiça nafaqat XTV, balki SSV, respublikadagi barça vazirlik va idoralar uzoq vaqt davomida boş qotirdi. Öşa davrga kelib aksariyat ota-onalar beş oydan beri farzandlari bilan uyda karantinda qolib ketgandi.

Ularga quloq soladigan bölsak, kimdir maktablarni oçişni söragan edi, kimdir COVID-19 va boşqa kasalliklardan qörqib an'anaviy ta'lim tiklanişiga qarşi çiqqandi. Hozir orqaga qarab eslasam, albatta bu davrda qaysidir qarorni qabul qiliş ma'lum bir toifa odamlarning e'tiroziga yoki tuşunmovçiligiga olib kelişi tabiiy edi.

Şuning uçun ota-onalarning fikrlari örganildi, ular örtasida sörov ötkazildi. Sörov natijalariga köra, ota-onalarning 70 foizdan ortiği maktablarning an'anaviy şaklda iş boşlaşini yoqlab ovoz berdi. Maktablar sentyabr oyi davomida bosqiçma-bosqiç oçila boşladi va 1 oktyabrga qadar respublikadagi 10 ming 800ta maktab öz eşiklarini oçdi.

Biroq ota-onalarning köpçiligi bolasini maktabga yuborişga çöçişdi. 1 oktyabrga borib an'anaviy ta'lim olayotgan öquvçilar qamrovi 70 foizga yetdi. Hademay, maktablarda 2-çorakni yakunlaymiz. Hozirga kelib respublika miqyosidagi 6,2 mln öquvçining 90 foizi maktabga qatnab bilim olmoqda. Ba'zi viloyatlardagi tumanlarda bu körsatkiç 95 foizgaça yetadi, biroq yirik şaharlarda, jumladan, Toşkent şahrida ota-onalarning köpçiligi farzandlarining masofaviy ta'lim olişini ma'qul körişmoqda. Ammo onlayn şaklda öqiyotgan öquvçilarning soni borgan sari kamayib bormoqda», degan vazir örinbosari.