Maktablarning boşlanğiç sinflari yangi avlod darsliklari asosida dastlabki çorakni yakunladi. Kun.uz darsliklarning "murakkab mavzulari", xatolari va jamoatçilikda tuğilgan ba’zi savollar yuzasidan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev bilan suhbatlaşdi.

Har davr uçun insonlarning ilm olişi öta muhim masala bölib kelgan. Ayniqsa, bolaning jamiyatda öz örnini topişi, kelgusida özining ijtimoiy, iqtisodiy hamda fuqarolik hayotida faol iştirok etişida boğça va maktab ta’limining ahamiyati beqiyos. Çunki aynan şu yoşlar oraliğida bola öz salohiyatini töliq namoyon qiladi.

Xöş, bugungi özbek maktabgaça va maktab ta’limi qay holatda? Nimalar qilinyapti-yu, yana nimalarni e’tibordan qoçiryapmiz? Bugun ayni mavzu atrofida köpçilikni qiynab kelayotgan savollarga javob oliş uçun Kun.uz Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev bilan suhbatlaşdi.

– Suhbatni maktab ta’limidagi eng köp muhokama qilingan mavzudan boşlamoqçiman, ya’ni darsliklardan. Prezidentning 134-sonli farmoni asosida xorijiy donorlar kömagi bilan yaratilgan, 2024 yilgaça töliq joriy qiliş topşirilgan Milliy öquv dasturining va u asosida yaratilgan darsliklarning taqdiri nima böladi? Ulardan nima asosida voz keçilmoqda?

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev

– Avvalambor, 134-sonli farmonning öziga töxtaladigan bölsak, bu milliy öquv dasturini aynan hozirgi siz berayotgan narsaning mazmuni jihatidan tasdiqlaş dasturi bölmagan. Bu öşa vaqtdagi xalq ta’limini keyingi 5 yilda rivojlantiriş dasturi deb nomlagan edi. Uning içida ta’lim dasturi, ya’ni milliy öquv dasturini işlab çiqiş va uni bosqiçma-bosqiç joriy etiş haqidagi bandi bor edi. Ya’ni milliy öquv dasturi va uning asosida bolaga beriladigan bilim-könikma, işlab çiqiladigan darslik, metodika va boşqa narsalar... Bu 134-sonli farmon keyingi 5 yilga tizimni rivojlantiriş milliy dasturi hisoblanadi.

Mana şu hujjatning bandida xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda milliy öquv dasturini işlab çiqiş belgilangan. Özi milliy öquv dasturi nima degan savolga aniqlik kiritib olaylik. Bu bir neçta hujjatdan iborat bölgan, ya’ni öquv dasturlari, öquv reja, baholaş mezonlaridan iborat bölgan dastur hisoblanadi. Uni işlab çiqiş bosqiçma-bosqiç sinflar, fanlar kesimida bölişi belgilangan. Hujjat ilovasida vazirlikka rejasini tasdiqlaş vazifasi ham qöyilgan. Ya’ni yillar kesimida qaysi sinfda nima işlab çiqiladi, şunga mos ravişda darslik, metodikani işlab çiqişni belgilaş vazirlikka vakolat sifatida qöyib ketilgandi. Unda bola qaysi sinfda qaysi könikmani örganişi, unga qaysi mavzularni örgatiş belgilab beriladi. Mana şu hujjatni işlab çiqişda bir qator ekspertlar iştirok etgan. Bu hujjat birdaniga hamma sinf uçun işlab çiqilmagan va u haliyam işlab çiqiş jarayonida. Sababi şunga mos ravişda bosqiçma-bosqiç darsliklarni işlab çiqiş vazifasi 2021 yilda ham, 2022 yilda va bugun ham özgargani yöq.