Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev Özbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori örinbosari etib tayinlandi.

Bugun, 18 oktyabr kuni Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligida Usmon Şarifxöjayevni kuzatiş marosimi bölib ötgan. Vazirlik jamoasi uning kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvafaqqiyatlar tilagan.

«Şu örinda Usmon Şarifxöjayev ham ötgan vaqt davomida barça hamkasblar bilan hamjihat mehnat qilganligini ta’kidlab ötdi hamda buning uçun vazirlik jamoasiga öz minnatdorligini bildirdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Usmon Ulfatoviç Şarifxöjayev 1986 yil 9 iyul kuni Toşkent şahrida tuğilgan. 2007 yilda Toşkent moliya instituti va 2011 yilda Xalqaro Vestministr universitetini tamomlagan.

2005–2009 yillarda Yoşlar teleradiokompaniyasida «Vodiy sadosi» efir boşlovçisi, muharrir bölib işlagan. Keyinroq Toşkent moliya institutida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan, 2016 yildan Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligida iş boşlagan, 2017 yilda prezident devoniga işga ötgan, 2017–2018 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği örinbosari bölgan, 2018–2020 yillarda prezident administratsiyasi yoşlar, fan, soğliqni saqlaş va sport masalalari bölinmasi ta’lim şu’basi mudiri lavozimida faoliyat körsatgan.

2020 yil iyulida Xalq ta’limi vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi, 2023 yil yanvarida adminreforma doirasida ikki vazirlik birlaştirilgaç, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining birinçi örinbosariga aylangandi.