«Mahallada işlayotgan malakali va taşabbuskor kadrlarni davlat idoralari rahbarlik lavozimlariga tavsiya etiş tizimi yölga qöyiladi. Akademiyamizga [Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi nazarda tutilmoqda – tahr.] topşiriq böldi, endi mahalla raislari va ularning örinbosarlarini ham tizimli [ravişda] tayyorlaymiz.
Urgut, Şahrixonga öxşaş katta-katta tumanlarimizda yetti ming, sakkiz ming aholi yaşaydigan mahallalarimiz bor. Öşalardagi mahalla raislarini kerak bölsa hokim qilişga ham tayyorman», deb aytgan davlat rahbari.
Murojaatnomada, şuningdek, mahalla raislari vakolatlari kengaytirilişi, tuman budjetining 15 foizi mahalladagi muammolarni hal qilişga yönaltirilişi haqida ham söz borgandi.











