Boş prokuratura huzuridagi departamentning Qarşi tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Qarşi tumanidagi «Yangi Xonobod» mahalla fuqarolar yiğinining sobiq raisi K.R. va uning öğli I.N.ning qonunga zid harakatlari aniqlangan.

Tekşiruv ma’lumotlariga köra, ular mahallaga turli masalalar bilan murojaat qilgan olti nafar fuqaroning pasport ma’lumotlaridan foydalangan. Şuningdek, ularning imzolarini soxtalaştirib, onlayn savdo platformasi orqali turli maişiy texnika vositalarini rasmiylaştirgan.

Tergov talqiniga köra, xarid qilingan maişiy texnikalar keyinçalik naqd pulga sotilgan va olingan 187,4 mln söm öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda uşbu iş böyiça tergov harakatlari davom etmoqda.