Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyul kuni “mahalla yettiligi” faoliyatini yangiça taşkil qiliş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Mahallalarda soliq tuşumlari, jinoyatçilikni jilovlaş va aholi muammolarini hal etiş böyiça mas’ullarga savollar qöyildi. Davlat rahbari mahalla odamlar uçun çinakam “işonç, tayanç va imkoniyatlar markazi” bölişi zarurligini ta’kidladi.

Yangi Quva mahallasi misolida aholini iş bilan ta’minlaş va daromadini oşiriş böyiça yangi tartib körsatib ötildi. Uşbu mahallada 51 nafar işsiz fuqaro bor, ularning 4 nafari agrotexnikumni bitirgan va xonadonida 10 sotixdan tomorqasi mavjud.

Mahalla raisi tomorqada gul köçatiga ixtisoslaşgan yengil konstruksiyali issiqxona quriş uçun mahalla bankiriga buyurtma beradi. Qolgan işsiz aholi böyiça ham mahalla raisi kim tadbirkor bölmoqçi, qaysi oila daromadini oşirmoqçi, kimga kredit, uskuna yoki yer kerakligini aniqlab, bankirga aniq vazifa qöyadi.

Yangi Quva mahallasida boğça yetişmasligi sabab 50 nafar bola qöşni mahallaga qatnayapti, hududda esa 70 sotix böş yer bor. Şu munosabat mahallalarda xususiy boğça, maktab, klinika va sport inşootlari quriş uçun yerni auksionga çiqariş vakolati ham mahalla raisiga beriladi.

Davlat rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qiliş, tozalikni ta’minlaş va daromadni köpaytirişga xizmat qiladigan loyihalarda taşabbuskor bölişi zarurligini ta’kidladi.

Bunday loyihalar uçun “mahalla yettiligi”ga 10 million sömdan grant ajratiladi. Agar 8 ming 992 ta mahallaning har birida bittadan şunday loyiha amalga oşirilsa, hududlardagi muhit sezilarli özgaradi. Uşbu maqsadlar uçun jami 240 milliard söm resurs şakllantiriladi.

Mahalla raisi öz hududining haqiqiy boşqaruvçisi bölişi şart. Buning uçun u hokim yordamçisi, xotin-qizlar faoli, yoşlar yetakçisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqçi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik iş rejasini tasdiqlab beradi. Rais “yettilik” a’zolariga aniq vazifa qöyib, ulardan sörov qilib boradi.

Şuningdek, “yettilik” faoliyatini metodik qöllab-quvvatlaş va hududdagi muammolarga ilmiy yondaşiş uçun Mahallani rivojlantiriş milliy instituti taşkil etiladi. U “yettilik”ni öqitadi, mahallalardagi dolzarb masalalarga ilmiy yeçimlar işlab çiqadi.