«Prezident öz murojaatida soğliqni saqlaş tizimiga yuklagan asosiy vazifalar orasida aholi salomatligini tuğilgan vaqtidan boşlab asraşga yönaltirilgan işlarni amalga oşiriş ham bor. Bu kompleks çora-tadbirlarda bolalar, homilador ayollarga biz nutritiv moddalar deb ataydigan vitaminlar, yod, temir preparatlari berilişi möljallangan va buning uçun 100 mlrd sömdan ortiq mablağ ajratilgan. 2021 yil mart oyidan boşlab bu vositalarni tarqatişni boşlaymiz.

Tarqatiş mexanizmini ham qayta körib çiqamiz. Zarur vositalar avvalgidek viloyat, şahar va tumanlarning özida emas, har bitta oilaviy poliklinika, qişloq vraçlik punktlari va mahallalargaça yetib borib, öşa yerdagi oilaviy şifokor tomonidan tarqatiladi. Bu bir tomondan dori vositalarining maqsadli işlatilişiga zamin yaratadi, ikkinçi tomondan öşa oilaviy şifokor nufuzi, xalqning unga işonçi oşişiga xizmat qiladi», – dedi vazir.

Eslatib ötamiz, prezident öz murojaatida bu masalaga alohida töxtalgandi.

«Ona va bola soğliğiga e'tibor – jamiyatga, kelajakka e'tibor. Şu maqsadda, keyingi yildan boşlab, 15 yoşgaça bölgan bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uçun parazitar kasalliklarga qarşi dori vositalari bepul tarqatiladi.

Bu jarayon bilan 2021 yilda 11 million nafar, 2022 yilda 17 million nafar aholi qamrab olinadi va bu işlarga 100 milliard söm mablağ yönaltiriladi.

Ayollar va bolalarni yod, temir, foliy kislotasi, vitaminlar va parazitlarga qarşi dorilar bilan bepul ta'minlaş orqali aholi örtasida kamqonlik 25 foizga kamaytiriladi», – dedi davlat rahbari.