Prezident Şavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni parlamentga murojaatnoma bilan çiqdi. Unda davlat tomonidan 2023 yilga reja qilingan asosiy yangiliklar e’lon qilindi. Quyida biz iqtisodiy yönalişda kutilayotgan eng muhim özgarişlarni sanab ötamiz.
Bu yil yoz va kuz-qiş oylarida kuzatilgan elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi muammolar mamlakat energetika inqirozi yoqasiga kelganini körsatdi. Prezident urğu bergan masalalar içida energetika muammosi asosiylaridan biri böldi.
“Köp yillar davomida yangi gaz konlariga investitsiya kiritilmagani, elektr va gaz tarmoqlari modernizatsiya qilinmagani ham, ayni haqiqat.
Oqibatda, tizimda aniq hisob-kitob yöqligi, katta yöqotişlar oddiy holga aylanib qolgan edi.
Şu bilan birga, sönggi olti yilda aholimiz 13 foizga, sanoat korxonalari esa 2 barobarga ortib, 45 mingdan 100 mingtaga köpaydi. Natijada, elektr energiyasiga talab kamida 35 foizga oşdi va yildan yilga köpayib bormoqda.
Iqtisodiyot barqaror rivojlanişi uçun energetika sohasiga 25-30 milliard dollar investitsiya kerak. Bunga faqatgina xususiy investitsiyalarni jalb qiliş orqali erişiş mumkin”, – dedi Prezident.
Şavkat Mirziyoyev 2022 yilda quvvati 1,5 ming megavattli 7 ta elektr stansiyasi işga tuşirilgani, 2023 yilda yana 4,5 ming megavattli 11 ta yirik loyiha yakuniga yetkazilişini aytdi. Gaz zaxiralarini köpaytiriş uçun geologiya-qidiruv işlari böyiça 10 yillik dastur qabul qilinadi.
Davlat rahbari energetika bozori erkinlaştirilişi kerakligini ham ta’kidladi. Qolaversa, köproq gaz va elektr işlatadigan badavlat qatlam bozor narxida tölaşi kerak, çunki bu resurslar budjetdan ajratiladigan subsidiya hisobidan aholiga arzon sotiladi. Boylarning xarajatini budjetdan subsidiya qiliş esa adolatsizlik.
“Oçiq aytiş kerak, köp iqtisodçilar energetika sohasida erkin bozorga ötişni taklif qilmoqda.











