Kun.uz muxbiri prezident murojaatnomasi va unda kötarilgan eng muhim mavzular atrofida jurnalist Şarof Ubaydullayev, iqtisodçi Abdulla Abduqodirov va ta’lim masalalari böyiça ekspert Bahodir Ğaniyev bilan intervyu ötkazdi.

— Bahodir aka, prezident murojaatnomasida eng köp gapirilgan mavzulardan biri maktab, ta’lim va uning sifatini oşiriş haqida böldi.

Biz sal turib uni qanday önglaş, bu yölda qilinadigan işlar mavzusiga ham ötamiz. Lekin bundan avval keling, bugun özbek ta’limi, aniqroği maktab ta’limi sifat jihatidan qaysi bosqiçda, qaysi darajada ekaniga bir oydinlik kiritib olsak. Ya’ni siz ekspert sifatida xalq ta’limidagi muammolar kartinasini qanday körasiz, u bugun qaysi bosqiçda?

— Albatta, davlat rahbarining ta’lim masalasiga katta urğu berib, uni yilning eng asosiy reformasi sifatida belgilaşi yaxşi, lekin ma’ruzada bu böyiça biror aniq taklif yoki öşa savolga javob körmadim. Demak ta’lim borasida davlat nima qilmoqçi ekani hali biz uçun qoronği masala.

Tarixga nazar solsak, ta’lim bilan nimalar qilişmadi özi degan kartina köz oldimizga keladi. Unda ta’lim tegilmagan, ta’lim gapirilmagan davrning özi bölmadi. 30 yil içida ta’lim şu daraja transformatsiyalardan ötdiki, u qaysi konsepsiya asosida özgartirilgani ham bir-biridan farq qiladi.

Avvalo biz sovet ta’lim tizimini 9 yil maktab, 3 yil professional ta’limga ötkazişga harakat qildik. Litseylar va kollejlarning öziga butunlay boşqa konsepsiya asosida qaraldi.

Bundan taşqari, öşa davrning özida ta’lim dasturlari bir neça özgarişlarni boşdan keçirdi. Uning orasida ta’lim metodikalarini özgartirişga harakat qilindi. Oxirgi tört yilda ham darsliklarning deyarli har yili özgarişi, öqituvçilar malaka oşirişi böyiça yana yangi islohot e’lon qilinişi, 11 yillikka qaytilişi...

Ya’ni ta’lim şunçalik e’tiborsizlik bilan özgartirildiki, bundan keyin ham e’tibor qilinişiga odam işonmay qöydi. Ta’lim yana reforma bölarkan desa odamlarda işonç ham qolmadi. Reforma böladimi-yöqmi va bölsa, samara beradimi-yöqmi?

Ta’limning özidagi muammolarga qaytadigan bölsak, ta’lim bugun komada. Xöş, bugun uning dasturi bilan 11 yil öqigan bolalarning neça foizi öşa malakaga ega bölib çiqyapti?