Prezidentning parlamentga murojaatida dunyodagi hozirgi murakkab şaroitda oçiq va pragmatik, özaro işonç va hurmatga asoslangan taşqi siyosat izçil davom ettirilişi ta’kidlandi.
Bundan keyin ham asosiy e’tibor Markaziy Osiyodagi barça qöşni mamlakatlar va dunyodagi strategik şeriklar bölgan davlatlar, xalqaro taşkilotlar bilan köp qirrali va özaro manfaatli hamkorlikni kuçaytirişga qaratilişi aytildi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlaş, mamlakat qurolli kuçlari jangovar salohiyatini oşiriş borasidagi işlar yangi bosqiçga olib çiqiladi.
«Butun dunyoda kuçayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar, afsuski, bizni ham çetlab ötmayapti.
Lekin, takror aytaman, musulmon ummatiga saboq bergan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk ulamolar yetişib çiqqan bizning diyorimizda bu borada adaşganlar, radikalizm va ekstremizm ğoyalariga berilganlar bölişi mumkinmi?
Biz jamiyatimizda har qanday radikallaşuvga, yoşlarimiz ongini buzğunçi yot ğoyalar bilan zaharlaşga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanişga, ma’rifat örnini jaholat egallaşiga yöl qöymaymiz. Biz har qanday radikallaşuvga qarşimiz.
Jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlaş, madaniyat sohasini rivojlantiriş, ilmiy-ijodiy taşkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qöllab-quvvatlaş ham, biz uçun ustuvor yönalişlardan biri böladi», — dedi prezident.
Qadimiy va betakror tarixni, ayniqsa, ğoyat oğir şaroitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat ğoyalarini dadil kötarib çiqqan jadid bobolar faoliyatini yanada çuqur örganiş lozimligi qayd etildi.
«Qançalik qiyin bölmasin, tanlagan yölimizdan heç qaçon ortga qaytmaymiz. Közlagan marralarimizga albatta yetamiz.
Bu yölda niyati uluğ, qalbi pok, mehnatkaş xalqimizga tayanamiz. Bir tan-u bir jon bölib harakat qilsak, men işonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi Özbekistonni albatta barçamiz birgalikda bunyod etamiz.
Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni har tomonlama qöllab-quvvatlab kelayotgan, barça sinovlarni mardona yengib, özining fidokorona mehnati bilan jonajon Vatanimiz ravnaqiga beqiyos hissa qöşayotgan mard va olijanob, bağrikeng xalqimizga yana bir bor ta’zim qilaman. Yurtimiz tinç, xalqimiz omon bölsin!» — dedi Şavkat Mirziyoyev.












