«2023 yilda tayyor mahsulotlar eksportini qöşimça 4 milliard dollarga oşiriş asosiy maqsadimiz böladi.
Bu yil boşlangan “Yangi Özbekiston – raqobatbardoş mahsulotlar yurti” dasturi öz samarasini bermoqda. Bir yilning özida 2 mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor taşqi bozorlarga çiqdi.
Kelasi yilda ham, eksport qiluvçilarga transport va boşqa xarajatlarini kompensatsiya qiliş davom ettiriladi.
Yevropa bozorlariga tekstil, elektrotexnika, çarm-poyabzal va boşqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oşiramiz. Mahsulotlar eksporti böyiça hozirgi 9 ta bosqiçli bojxona rasmiylaştiruvi 3 barobarga qisqaradi.
Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş böyiça asosiy muzokaralarni yakunlab, içki qonunçilikni moslaştiriş, yangi standartlarni joriy etiş işlarini jadallaştiramiz.
Umuman, 2023 yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi, 2018 yilda 14 milliard dollar bölgan», — dedi Şavkat Mirziyoyev.












