Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining 1-örinbosari, Inson huquqlari böyiça milliy markaz direktori Akmal Saidov Xalqaro press-klub sessiyasida sözga çiqdi.

«Sönggi tört yilda Özbekistonning eng köp yutuqlarga erişgan sohasi bu – taşqi siyosat. Haqiqatan, Özbekistonning xalqaro obrösi, imiji özgardi. Özbekistonga bölgan munosabat tubdan özgardi.

Buning asosiy sababi – içki siyosatdagi erişilgan yutuqlar, deb bilaman. Çunki taşqi siyosatdagi yutuqlar bu içki siyosatning uzviy davomidir. Agar içki siyosatda özgariş bölmasa, taşqi siyosatda bölmaydi.

Oldin biz 25 yilda bitta rezolyutsiyani taşabbus qilgandik. Sönggi yillarda Özbekiston taşabbusi bilan bir yilda 3ta rezolyutsiya qabul qilindi. Özbekiston endi xalqaro norma ijodkorlikda ham faol bölyapti», – deydi Saidov.

U, şuningdek, Özbekistonda sönggi tört yilda erişilgan katta yutuqlardan yana biri – bu inson huquqlari yönalişi ekanini qayd etdi.

«Köp yillar davomida Özbekiston tanqid obekti edi. Hozirgi kunda esa Özbekistonning ijobiy demokratik tajribasi örganiş obektiga aylandi. Namuna bölyapti. Diniy erkinlik böyiça AQŞ davlat departamenti röyxatdan çiqarişda Özbekiston tajribasi boşqa davlatlarga örnak böladi, deb aytyapti.

Özbekistonda inson huquqlari böyiça noyob milliy institutlar tizimi şakllandi. Avval faqat Ombudsman va Inson huquqlari böyiça milliy markaz bor edi. Keyingi yillarda biznes ombudsman instituti şakllandi. Ötgan yili esa bola huquqlari böyiça Ombudsman tuzildi», – deydi Inson huquqlari böyiça milliy markaz direktori.