Koronavirusning Buyuk Britaniyada tarqalgan yanada yuqumli ştammi Xitoyga ham yetib bordi. Bu haqda öz manbalariga tayanib The Straits Times naşri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, virusning mutatsiyaga uçragan uşbu turi Buyuk Britaniyadan qaytgan şanhaylik 23 yoşli ayolda aniqlangan.
Hozirgi vaqtga kelib koronavirusning yangi turi Buyuk Britaniyadan taşqari kamida 17 mamlakatda aniqlandi.
Buyuk Britaniyada koronavirusning xavfli mutatsiyasi sentyabrda aniqlangandi, ammo u dekabrda faol tarqala boşladi.
Mamlakat boş vaziri Boris Jonsonning sözlariga köra, yangi ştamm avvalgisiga nisbatan 70 foizga yuqumliroqdir.













