Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Özbekiston fuqarolarni Rossiya hududiga kirişi uçun ruxsat olib beriş böyiça taklif etilayotgan xizmatlar hamda Özbekistondan Rossiyaga borib, mamlakatga kiritilmayotgan fuqarolar haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yurtdoşlarimizning Rossiya hududiga kirişi uçun ruxsat olib beriş böyiça taklif etilayotgan xizmatlar hamda Özbekistondan Rossiyaga borib, mamlakatga kiritilmayotgan fuqarolar haqida tarqalayotgan xabarlar munosabati bilan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Koronavirus infeksiyasi tarqalişi munosabati bilan 2020 yilning mart–aprel oylaridan boşlab xalqaro qatnovlar, şu jumladan, Özbekiston va Rossiya örtasida muntazam aviaqatnovlar vaqtinça çeklangan. Çet el fuqarolarining Rossiyaga kirişi böyiça Rossiya hukumatining 2020 yil 16 martdagi N 635-r-sonli «Rossiya Federatsiyasiga çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning kirişini vaqtinça çeklaş va vizalar va taklifnomalarni berişni vaqtinça töxtatib turiş töğrisida»gi farmoyişi bilan qator çeklovlar joriy etilgan.

Ayni paytda ayrim toifadagi fuqarolardan taşqari özbekistonliklarning individual tarzda vaqtinça mehnat faoliyati bilan şuğullaniş maqsadida Rossiya hududiga kirişiga ruxsat yöq. Faqatgina Rossiya hukumatining koronavirusga qarşi ştabi tomonidan çegara xizmatlariga taqdim etilayotgan röyxat asosida taşkiliy tarzda işga yuborilayotgan şaxslar uşbu mamlakatga kiritilmoqda.

Pandemiya davrida xorijda işlaş istagida bölgan fuqarolarni taşkillaştirilgan holda xorijga işga jalb qiliş maqsadida Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2020 yilda 264 ta xorijiy iş beruvçilar va rekruting taşkilotlari bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasida Rossiyaning 30 ta, Qozoğistonning 52 ta, BAAning 3 ta, Turkiyaning 1 ta va Tojikistonning 2 ta iş beruvçi va rekruting taşkilotlari bilan hamkorlik şartnomalari imzolanib, 64 758 ta böş iş örinlari aniqlangan. Örnatilgan karantin çeklovlari va tartiblariga rioya etgan holda xorijiy davlatlarga örnatilgan tartibda 9 mingdan ortiq Özbekiston fuqarolari vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun taşkiliy tartibda işga jönatilgan.

Ayni paytda Rossiya hududida işlaş istagidagi Özbekiston fuqarolarini pandemiya va undan keyingi davrda taşkillaştirilgan holda kiriş jarayonlarini soddalaştiriş yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Uşbu vaziyatdan foydalanib, ayrim şaxslar tomonidan fuqarolarni turli asossiz xabarlar bilan çalğitiş va firibgarlik orqali pul topişga uriniş holatlari yuz bermoqda.

Şu örinda agentlik fuqarolardan Rossiya hududiga olib kirib qöyiş xizmatlarini taklif etayotgan şaxslarga işonmaslikni va turli yöllar bilan uşbu mamlakatga noqonuniy kirib borişga urinmasliklarini tavsiya qilgan.

Qayd etilişiça, turli soxta hujjatlar çegaralarni kesib ötişga uriniş Özbekiston va Rossiya qonunlariga köra, jinoiy javobgarlikka tortilişga sabab bölişi mumkin.

Rossiyada işlaş istagida bölgan fuqarolar Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilişlari va iş beruvçilarning tanlovlaridan ötgan taqdirda taşkillaştirilgan holda uşbu mamlakatga işga ketişlari mumkin.