Britaniyada koronavirus yuqtiriş holatlari böyiça kunlik rekord yangilandi.

Ortda qolgan bir kun davomida Britaniyada 55 ming 892 kişida koronavirus aniqlandi. Bu virus aniqlanişi böyiça qirollikdagi kunlik rekord hisoblanadi. Oldingi rekord 29 dekabr kuni qayd etilgan va öşa kuni 53 ming 135 kişida virus aniqlangandi. 31 dekabrda Britaniyada kun böyi 964 kişi virus qurboniga aylandi.

1 yanvar kuni Britaniyada kunlik rekord yana ösişi mumkin. Çunki London vaqti bilan 18:00 holatida qirollikda 53 mingdan ortiq odam virus yuqtirgani aniqlangan. Yomon tomoni şundaki, aksar britaniyaliklar koronavirusning mutatsiyaga uçragan yangi turini yuqtirmoqda. Bu esa şifokorlar uçun noqulaylik tuğdiryapti.

Britaniya böylab karantin qoidalari amalda. Futbol böyiça Angliya çempionati yana töxtatilişi mumkin. Hozirgaça «Tottenhem» va «Mançester Siti» iştirokidagi ikkita uçraşuv qoldirildi. Yangi yilni ham mamlakat aholisi karantin çeklovlari bilan kutib oldi. Boris Jonson yangi yil tabrigida kelasi yil britaniyaliklar 2020 yildagi çeklovlardan qutulişiga işonç bildirdi.

Qirollikda vaksinatsiya jarayonlari ham özgartirildi. Unga köra, vaksinaning birinçi dozasini olganlar ikkinçi dozani belgilanganidek uç haftadan keyin emas, uç oydan keyin olişi belgilandi. Bu esa odamlarning keskin noroziligiga sabab böldi, çunki milliondan ortiq britaniyaliklar birinçi dozani olib bölgan.

Britaniyada bugungaça 2,5 milliondan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. Virus 74 mingdan ortiq britaniyalikning ölimiga sabab böldi. Qirollik hozirgaça 55 millionga yaqin fuqarosini koronavirusga testdan ötkazgan.