«Bu kabi OTMda ham kontrakt tölovlari özgarişsiz qoladi, çunki ular ham davlat ta'lim muassasalari.

Biz ularga (moliyaviy mustaqillik  berilgan OTM nazarda tutilmoqda) ham vakolatimiz doirasida, pandemiya şaroitidan kelib çiqqan holda tuşuntiriş beramiz», – degan Buzrukxonov. 

Ma'lumot uçun, 2020 yil 1 yanvardan quyidagi 10 ta oliy ta'lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötişi belgilangan:

  • Samarqand davlat Çet tillari instituti;
  • Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti; 
  • Toşkent davlat Yuridik universiteti;
  • Toşkent davlat Iqtisodiyot universiteti;
  • Toşkent Moliya instituti;
  • Toşkent davlat Şarqşunoslik instituti; 
  • Toşkent Farmatsevtika instituti;
  • Özbekiston davlat Jahon tillari universiteti;
  • Urganç davlat universiteti;
  • Toşkent Temir yöl muhandislari instituti.