Qayd etilişiça, Soliq kodeksiga muvofiq joriy yilning 1 iyulidan amaliyotga joriy etilgan qöşilgan qiymat soliğining salbiy farq summasi örnini qoplaş (qaytariş) tartibini yanada takomillaştiriş talab etilmoqda.

Amalda ayrim tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan haqiqatda qöşilgan qiymat soliği tölanmagan mahsulotlar böyiça göyoki soliq tölanganligi töğrisida qalbaki bitimlar tuzilib, soliqni hisobga oliş orqali salbiy farq hosil qiliş va budjetdan mablağ undiriş holatlari uçramoqda.

Loyiha soliq tölovçilarga qöşilgan qiymat soliği örnini qoplaş amaliyotida yuzaga kelgan böşliqlarni bartaraf etiş hamda haqiqatda budjetga kelib tuşmagan qöşilgan qiymat soliği summalarini asossiz qaytariş holatlarining oldini oliş maqsadida işlab çiqilgan.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “Qöşilgan qiymat soliği hamda çet el yuridik şaxslari bilan boğliq soliq ma'murçiligini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2020 yil 14 avgustdagi 489-son qarori 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “Qöşilgan qiymat soliği summasi örnini qoplaş tartibi töğrisida nizom”ga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda. 

Jumladan:

  • qöşilgan qiymat soliği summasi örnini qoplaşda tovarlarni (xizmatlarni) işlab çiqaruvçidan oxirgi iste'molçigaça bölgan zanjirida soliq hisoblanişi va tölanişini ta'minlaş, qöşilgan qiymat zanjirida uzilişlarga barham beriş;
  • soliq tölovçilarning kontragentlarni tanlaş çoğida lozim darajada ehtiyotkorlik qilişi böyiça mas'uliyatini oşiriş, soliqlarni tölamaslik xavfi yuqori bölgan soliq tölovçilar bilan xöjalik operatsiyalarini amalga oşirmaslikka undaş yöli bilan soliqqa oid huquqbuzarliklarning oldini oliş;
  • qöşilgan qiymat soliği summasi örnini qoplaşda soliq organlari tomonidan soliqlarni tölamaslik xavfi yuqori bölgan soliq tölovçilar bilan moliyaviy aloqalar orqali hisobga olingan qöşilgan qiymat soliği summasini bekor qiliş va qoplaşni rad etiş holatlarini aniq belgilab qöyiş közda tutilgan.