Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, portlaş natijasida yaşaş uyining devorlari va tomi qulagan hamda uyning 70 kv.m. maydonida tom bostirmasida yonğin sodir bölgan.
Voqea joyida FVB yonğin-qutqaruv xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv işlari natijasida soat 04:50larda uy egasi qizining (2005 y.t.) jasadi bino konstruksiyasi uyumlari orasidan olib çiqildi. Yonğinda uy egasi Ş.E.ning yuz qismi, qöllari 22 foiz termik kuyib, şifoxonaga yotqizilgan.
Tabiiy gazdan foydalaniş qoidalarining buzilişi çaqnaşning asosiy sababi, deb taxmin qilinmoqda.

Voqea joyiga viloyat hokimi boşçiligida IIB, FVB, SSB va boşqa tegişli idoralarning kuç hamda vositalari jalb qilinib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça işlar olib borilmoqda.












