Majburiy ijro byurosi Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Farrux Toşpölatovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, ijro hujjatlari doirasida 2020 yil 3 dekabr kuni undiruvçilar Z.Musaxöjayevaning foydasiga 425 mln 678,5 ming söm va F.Musaxöjayevaning foydasiga 425 mln 678,5 ming söm, jami 851 mln 357 ming söm miqdoridagi mablağ ATB “Turonbank” Zangiota filialidan töliq undirilgan.

F.Musaxöjayeva foydasiga undirilgan summa 2020 yil 4 dekabr kuni uning bank plastik kartasiga ötkazib berilgan. Undiruvçi Z.Musaxöjayeva 2020 yil 7 oktyabr kuni vafot etganligi sababli, belgilangan tartibda qonuniy merosxör tayinlanguniga qadar uning foydasiga undirilgan summa byuroning Zangiota tuman bölimi depozit hisob raqamida saqlab turilişi belgilangan.

Marhuma Z.Musaxöjayevaning öğli Ş.Musaxöjayevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, 2020 yil 21 dekabr kuni ATB “Turonbank” qarşi sudga yangi da'vo arizasi kiritgan. Bunga sabab esa fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudining 2019 yil 10 iyundagi hal qiluv qarori bilan «Turonbank» Zangiota filiali hisobidan omonatçilarga qaytarilişi kerak bölgan jami 851 mln 357 ming söm miqdoridagi omonat puli 100 ming AQŞ dollarining qiymati sud qarori çiqqan sanadagi kurs böyiça hisoblangan. Bank sud qarorlari va ijro hujjatlari ustidan şikoyatlar berib, undiruvni 1,5 yilgaça keçiktirgani ortidan uşbu davr mobaynida söm AQŞ dollariga nisbatan qadrsizlangan. Şularni inobatga olib, Ş.Musaxöjayev omonat summasining 2020 yil dekabrdagi kurs böyiça hisoblanişi va örtadagi farqi ham tölab berilişini talab qilmoqda. Uning hisob-kitoblariga köra, farq qiymati 96 mln sömni taşkil etmoqda.

Eslatib ötamiz, Kun.uz saytida «Turonbank»ning Zangiota filiali tomonidan fuqarolar Ziyoda va Fotima Musaxöjayevalarning 100 ming AQŞ dollari miqdoridagi omonat pullari sudning qonuniy kuçga kirgan hal qiluv qarori bölişiga qaramay, qaytarilmayotgani haqida maqola e'lon qilingandi.

«Turonbank» Respublika boşqaruvi maqolaga munosabat bildirib, omonat mablağini bankning 2009–2010 yillarda işlagan sobiq xodimi firibgarlik yöli bilan egallagan deb hisoblaşini va bunga işonişini, şu bois mazkur masala Zangiota tuman prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan qöşimça tergov harakatlari yakunlangandan söng ommaviy axborot vositalarida muhokama qilinsa, maqsadga muvofiq bölişini