Bugungi kunda Özbekistonda 36 ming 198ta quriliş-pudrat taşkiloti faoliyat yuritayotgan bölib, şundan 12 mingtasida bir işçi röyxatga olingan. Bu haqda Quriliş vazirining birinçi örinbosari Şerzod Hidoyatov AOKAda bölib ötgan tadbirda ma'lum qildi.
Quriliş-pudrat taşkilotlari reytingi haqida söz yuritildi. Hokimlarning, boşqa mansabdorlarning yaqinlari esa, quriliş taşkilotlari oçib olgan, ularning imkoniyatlari kengroq, ular şu bois bu reytingda yana yuqori örinlarni olib, tenderlarni yutaveradimi? Reytingning adolatli bölişi qanday ta'minlanadi?
«Reytingda 64ta körsatkiç bor. Unda quriliş taşkilotining işçi soni, amalga oşirgan işlari, mutaxassislari, moliyaviy hisobotlari, bajargan işlarining sifati, nazorat inspeksiyasidan olgan talablari kabilarning barçasi qamrab olingan.
Qolaversa, reyting tizimi Soliq va Statistika qömitalariga, Bandlik va mehnat vazirligiga, Özstandart agentligi, buyurtmaçi hamda Quriliş vazirligining Nazorat inspeksiyasiga özaro boğlangan böladi. Quriliş taşkilotlari endilikda inson omili bilan baholanmaydi.

Bundan buyoğiga taklif oçilişi 100 foiz raqamlaşdi. Tender tizimi reyting tizimiga boğlangan. Şu bois, tenderda yutib olişi quriliş taşkilotining salohiyatiga boğliq böladi.
Şunga köra, elektron tenderda kimningdir tanişi degan narsaga yöl qöyilmaydi. Masalan, Andijon viloyatidagi biror inşootni Namangan yoki Toşkentdagi pudrat taşkiloti ham yutib olişi mumkin.
Şunday ekan, bu taşkilot ertaga qurilişini sifatli quradi, çunki uning reytingi qurgan inşooti sifatiga boğliq böladi», - dedi vazirning birinçi örinbosari.
U, şuningdek, tizim işga tuşirilganda qator quriliş taşkilotlaridagi işçilar soni ham namoyon bölganiga oydinlik kiritdi.
«Bu tizimni işga tuşirgandan keyin, turli tamoyillarni sinab körayotganda, bir körsatkiç orqali quriliş taşkilotlarini saralab kördik. U ham bölsa işçi kuçiga doir raqamlarni tekşirdik.
Beştagaça işçisi bor quriliş taşkilotlarini saralaganimizda, bir nafar işçisi bor quriliş taşkilotlari 12 mingdan ortiqligi ma'lum böldi. Endilikda, reyting tizimi Mehnat vazirligiga boğlangani uçun neça nafar qonuniy işga olingan işçilari borligi, ular uçun soliq tölayotgani ham körinadi, bu uning reytingiga ta'sir qiladi. Xufyona iqtisodiyotning ham oldini oladi», - deya ta'kidladi Şerzod Hidoyatov.











