2020 yil 9 yanvar kuni Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi Ijroiya qömitasi hamda Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasining qöşma yiğilişi videomuloqot tarzida taşkil etildi. Partiyaning joylardagi taşkilotlari mutasaddilari, mahalliy Kengaşlar deputatlari, jami 300 nafarga yaqin faollar hududiy studiyalardan iştirok etdi.

Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga va xalqqa Murojaatnomasida belgilangan ustuvorliklardan kelib çiqib, Özbekiston XDPning deputatlik birlaşmalari oldida turgan dolzarb vazifalar töğrisidagi masala muhokama etildi.

Yiğilişni Xalq demokratik partiyasining parlament Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Uluğbek Inoyatov olib bordi.

Murojaatnomada ilgari surilgan ğoya va taşabbuslar tarixan muhim pallada xalqimizning erkin va farovon hayoti yölida barçamizni jipslaştirib, yangi marralar sari ruhlantirayotgani alohida ta'kidlandi. Mamlakatimiz Mustaqilligining qutluğ sanasi – 30 yilligi keng nişonlanadigan joriy yilda “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!”, degan yagona maqsad atrofida birlaşib, mas'uliyat va javobgarlikni çuqur his etgan holda, fidokorona mehnat qilib yaşaş kerak, dedi partiya yetakçisi.

Murojaatnomada jamiyatning barça sohalarini ilğor demokratik mezonlar asosida isloh etiş böyiça strategik vazifalar belgilab berildi, bu vazifalarni hayotga samarali joriy etiş fuqarolik jamiyati institutlari, ayniqsa, siyosiy partiyalar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

Ta'kidlandiki, Xalq demokratik partiyasi Murojaatnomada belgilangan vazifalarni, ğoyalarni faol qöllab-quvvatlaydi, dasturiy maqsadlariga erişiş, elektorat manfaatlarini himoya qiliş böyiça ustuvor hujjat sifatida yondaşadi.

Murojaatnoma asosida qabul qilinadigan joriy yilgi Davlat dasturiga 6 ta muhim yönaliş böyiça deputatlar, partiya faollari öz takliflarini bildirişmoqda. Hozirgaça hududlardagi partiya faollari va deputatlardan 100 dan ortiq takliflar kelib tuşdi, şuningdek, fraksiya a'zolari parlamentdagi debat va muhokamalarda elektorat manfaatlaridan kelib çiqib taklif-mulohazalarini bildirib kelmoqda.

Yiğilişda sözga çiqqanlar Prezidentimizning bu yilgi Murojaatnomasida Xalq demokratik partiyasi uçun prinsipial ahamiyatga ega bölgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga alohida e'tibor qaratilgani, Saylovoldi dasturida ğoya sifatida ilgari surilgan 10 dan ortiq vazifa yuzasidan aniq çoralar belgilanganini qayd etişdi.

Xususan, kambağallikni qisqartiriş va turmuş farovonligini oşiriş islohotlarning pirovard maqsadi bölişi, aholining minimal xarajatlari e'lon qilinişi, vaqtinça işsizlik nafaqasi oşirilişi, birinçi marta çin yetim bolalarni uy-joy bilan ta'minlaş uçun 50 milliard söm ajratilişi, muhtoj aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlaş böyiça yangi tizim joriy etilişi, çekka qişloq yoki mutaxassislar tanqis hududlarga borib işlaydigan yoş kadrlarga 100 foizgaça ustama haq tölanişi, nogironlikni belgilaş böyiça ijtimoiy modelga ötilişi bilan boğliq vazifalar partiya dasturiy maqsadlari bilan uzviy va hamohangdir.

Yiğilişda partiya taşkilotlari, parlamentdagi fraksiyasi va joylardagi deputatlar oldida turgan vazifalar böyiça fikr-mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakuni böyiça partiya taşkilotlari va deputatlarning 8 ta yönalişda vazifalari belgilandi.

Avvalo, partiya tizimida Murojaatnomani tahliliy örganiş, taklif va taşabbuslarning mazmun-mohiyatini aholi örtasida keng tuşuntiriş maqsadida butun partiya va deputatlik tizimida mutaxassislar, tajribali deputatlar iştirokida amaliy seminarlar ötkaziladi. 

“Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili” Davlat dasturiga bildirilayotgan takliflar tuman – viloyat – respublika tartibida umumlaştiriladi. Takliflar Murojaatnomada belgilangan vazifalarni amalga oşiriş mexanizmlari hamda partiya elektorati manfaatlari bilan boğliq böladi.

Bundan taşqari, partiya tizimida deputatlar, hamkor taşkilotlar bilan amalga oşiriladigan loyihalar Murojaatnoma yönalişlaridan kelib çiqib, takomillaştiriladi. Bunda yoşlarni kasb-hunarli qiliş, bandligini ta'minlaş, tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, ehtiyojmand oilalarning kambağallikdan çiqişga intilişini kuçaytiriş masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.

Mahalliy Kengaşlardagi partiya deputatlik guruhlari elektorat manfaatlari bilan boğliq ijtimoiy masalalarni örganib, parlamentda taşkil etiladigan “Hukumat soat”lariga vazirlik-idoralar axborotini eşitiş böyiça masalalar tayyorlaydi, natijada fraksiya taşabbusi bilan joylardagi aniq muammoli holatlar muhokamasi taşkil etiladi.

Şu tariqa Murojaatnomada qöyilgan yönalişlar hamda partiya dasturiy maqsadlarini amalga oşiriş böyiça mahalliy Kengaşlardan parlamentdagi fraksiyagaça bölgan nazorat-tahlil tizimi yaratiladi.

Murojaatnomada ilgari surilgan ğoya va taşabbuslar amalga oşişi, natijadorlikka erişilişi joriy yilda partiya taşkilotlari va deputatlik birlaşmalari faoliyatida ustuvor yönalişga aylanadi.

Xalq demokratik partiyasi
Axborot xizmati