Vazirning ma'lum qilişiça, 2021 yilda 278 turdagi qariyb 100 mlrd sömlik zamonaviy asbob-uskunalar xarid qiliş rejalaştirilgan.
2020 yilda pandemiya şaroiti bölişiga qaramay, ilm-fanni rivojlantirişga 20 foiz köproq mablağlar ajratildi. Ötgan yilda 428 mlrd mablağ ajratilgan bölsa, joriy yilda 514 mlrd sömlik mablağ ajratiş közda tutilgan.
Şu yilning fevral-mart oylarida tijoratlaştiriladigan ilmiy işlarni aniqlaş maqsadida Innovatsion rivojlantiriş vazirligi tomonidan yirik forum ötkaziladi. Mazkur forumda bir yillik qilinadigan işlarning birinçi körgazmasi bölib ötadi, noyabr-dekabr oylarida ikkinçi körgazma ötkazilib, tijoratlaştiriladigan işlar aniqlab olinadi.
«Innovatsiya sohasini rivojlantiriş uçun oldimizda turgan asosiy masala - huquqiy bazani mustahkamlaş, ma'muriy tösiqlarni bartaraf etiş. Şu bois biz «Innovatsion faoliyat töğrisida»gi qonunni işlab çiqib, qabul qilinişiga erişdik. Birinçi marta şunday tarixiy qonun qabul qilindi.
Bugungi kunda yoşlarimizning köpçiligi startaplarga qiziqadi, biroq startaplar böyiça huquqiy baza mavjud emas. Şu bois 2021 yilgi maqsadlarimizdan biri - startaplar töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqib, oxiriga yetkaziş», - dedi Ibrohim Abdurahmonov.










