IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, keyinçalik bu şaxs manzilga yetib kelib, xolasining uyiga kirişi va televizorlarni kötarib olib çiqişda yordam berişini iltimos qilgan.
Ma'lumotda aytilişiça, taksi haydovçisi A.A. uşbu iltimosga rozi bölgan va ular xonadonlar yölagiga kirişgan vaqtida noma'lum şaxs A.A.ga nisbatan hayoti uçun xavfli bölmagan zörlik işlatgan. U A.A.ning ustidagi sport kiyimi çap çöntagida bölgan 300 AQŞ dollarini talonçilik yöli bilan qölga kiritib, hodisa joyidan yaşiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 24 yoşli S.T. sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va soğliq uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib yoxud şunday zörlik işlatiş bilan qörqitib, talonçilik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan, u protsessual tartibda uşlangan.
Jinoyat işi doirasida S.T. söroq qilinganda, u A.A.ning avtoulovga ötirganidan söng uning egnidagi sport kiyimi çap çöntagida AQŞ dollari kupyurasidagi pullari borligini körib qolganligi sababli uşbu pullarni qölga kiritiş maqsadida jinoiy niyatini amalga oşirganini ma'lum qilgan.
Hozirda jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.












