«2020 yil 12 oy davomida xorijga çiqiş masalasida murojaat qilgan jami 543 173 nafar Özbekiston Respublikasi fuqarolari uçun xorijga çiqiş biometrik pasporti rasmiylaştirib berildi.
Qonunçilikka muvofiq Özbekiston fuqarolari xorijga çiqiş pasportini rasmiylaştiriş uçun doimiy röyxatdan ötgan ma'lumotlarni yiğiş punktlariga murojaat etişlari belgilab berilgan», — deb aytgan Dilşodbek Murodbekov 12 yanvar kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida.
Uzbekistan Airways 2021 yilning 1 yanvaridan özbekistonliklar faqat «qizil pasport» bilan mamlakat taşqarisiga çiqa olişi haqida eslatma bilan çiqqan edi.
Avvalroq IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi bölim boşliği Faxriddin Tursunov «zagranpasport» vaqtinça propiska qilingan joydan ham berilişi mumkinligini aytgan edi.











