Londonda koronavirus yuqtirib olgan Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan şifoxonaga yotqizildi.
"Koronavirus kasalligiga çalingan va uy şaroitida davolangan Armaniston prezidenti şifoxonaga yotqizildi. Kasallik oğir şaklda ötmoqda. Prezidentda uşbu holatga oid simptomlar, jumladan, yuqori harorat va ikki tomonlama zotiljam kuzatilmoqda", - deyiladi Armaniston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Xabarda aytilişiça, Armaniston prezidenti Londondagi şifoxonaga yotqizilgan.
5 yanvar kuni Armen Sarkisyan Londonga safari çoğida koronavirus yuqtirib olgani töğrisida xabar berilgandi.
Xabarda aytilişiça, Armaniston prezidenti ta'til doirasida yangi yilni Londonda oilasi va nabiralari bilan kutib olgan. U 3 yanvar kuni Londonda oyoğidan operatsiya qilindi. Keyinroq prezidentda koronavirus infeksiyasi alomatlari közga taşlangan va uning topşirgan testi musbat natija bergan.













