Olimlarning fikriça, koronavirusning asoratlaridan biri telomerlarning qisqarişi hisoblanadi. Bu öz navbatida öpka töqimalari tiklanişiga tösqinlik qiladi va ba'zi bemorlarda uzoq davom etuvçi asoratlar keltirib çiqaradi.

“Telomerlar uzunligi odatda inson qarişi davomida qisqarib boradi, biroq koronavirusning oğir şakllarida uşbu holat insonning yoşidan qat'iy nazar kuzatilgan. Tadqiqot davomida koronavirusni oğir ötkazgan bemorlarda telomerlar uzunligi ança qisqaligi aniqlangan. Bunda bemorlarning yoşi uşbu holatga heç ham ta'sir körsatmagan”, deb aytilgan tadqiqotda.

Olimlar telomerlar uzunligi qisqarişini odatda qariş bilan boğlaşadi, çunki hujayralar har safar bölinganda telomerlar uzunligi qisqarib boradi va sekin-asta hujayra şikastlanib, bölinişdan töxtaydi. Natijada hujayralar bölinişining izdan çiqişi qarişga olib keladi.

“Yangi xulosalar avval ötkazilgan tadqiqotlar natijalarini tasdiqlaydi. Ularda öpka fibroziga (şu jumladan, koronavirusga xos bölgan) sabablardan biri öpka töqimasining tiklanişida iştirok etuvçi hujayralar telomerlari şikastlanişi hisoblanişi körsatilgan. Bu hujayralar II turdagi pnevmotsitlar deb ataladi va koronavirus öpkani zararlaş uçun aynan ulardan foydalanadi”, deb hisoblaşmoqda mutaxassislar.    

Avvalroq olimlar telomerlarni telomeraza fermentini faollaştiriş yordamida uzaytirişga qaratilgan tajribaviy davolaş öpka fibrozi va telomerlar qisqarişi bilan boğliq boşqa kasalliklarga samarali ta'sir körsatişini namoyiş qilişgan. Endilikda ular uşbu yondaşuvni koronavirusni davolaş uçun ham sinab körişmoqçi.