Reyting hakamlarning 2010 yildan hozirgaça bölgan yillar davomidagi faoliyatiga qarab oçko berilgan holda tuzilgan. 

E'tiborlisi, jahonning sönggi ön yillikdagi eng yaxşi hakamlari 20taligidan Ravşan Ermatov ham joy olgan. Özbekistonlik sobiq referi 33 ball bilan 16-örinda qayd etilgan. Bu borada Ermatov hamon Osiyoning eng yaxşi hakami bölib turibdi. Reytingdan eronlik Ali Rizo Fağoniy ham joy olgan. 

Röyxatning eng yuqori poğonalarini germaniyalik Feliks Brix, turkiyalik Junayd Çaqir va niderlandiyalik Born Kyupers egallagan.

Eslatib ötamiz, Ravşan Ermatov 2020 yilda hakamlik faoliyatini yakunlab, Özbekiston futbol federatsiyasi birinçi vitse-prezidenti etib tayinlangandi. 

Ön yillikning eng yaxşi hakamlari: (IFFHS talqini):
1. Feliks Brix (Germaniya) – 141 oçko
2. Junayd Çaqir (Turkiya) – 140
3. Born Kyupers (Niderlandiya) – 133
4. Nikola Ritssoli (Italiya) – 113
5. Nestor Pitana (Argentina) – 88
6. Hovard Uebb (Angliya) – 76
7. Damir Skomina (Sloveniya) – 76
8. Martin Atkinson (Angliya) – 69
9. Viktor Kaşşai (Vengriya) – 56
10. Antonio Lahoz (Ispaniya) – 54
..16. Ravşan Ermatov (Özbekiston) – 33.