Jamoatçilik muhokamasiga e'lon qilingan Özbekiston Respublikasining 2021 yil uçun davlat dasturi loyihasida xalqaro standartlar va insonparvarlik tamoyilini keng joriy etgan holda jazoni ijro etiş va probatsiya xizmatini takomillaştiriş nazarda tutilmoqda.
Prezident farmoni loyihasida tegişli taşkilotlar zimmasiga 2021 yil 1 iyun oyigaça:
- xalqaro standartlardan kelib çiqib, 25ta manzil-koloniyalarni bosqiçma-bosqiç qisqartiriş;
- birinçi marta ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan va qat'iy tuzaliş yöliga ötgan mahkumlarni manzil-koloniyaga ötkaziş amaliyotini bekor qilib, ularni jazoni yengilroği bilan almaştiriş asosida töğridan töğri probatsiya nazoratiga oliş tartibini joriy qiliş;
- jazoni yengilroği bilan almaştiriş va jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş töğrisida taqdimnoma kiritiş vakolatini jazoni ijro etiş muassasalaridan yangi taşkil etiladigan insonparvarlik komissiyalariga ötkaziş;
- probatsiya nazoratidagi şaxslarning xulq-atvorini nazorat qiliş, ularni ijtimoiy moslaştiriş va yangi jinoyat sodir etişining oldini oliş mexanizmlarini kuçaytiriş;
- probatsiya nazoratidagi şaxslarning xatti-harakatlarini, ularga elektron braslet vositasini taqqan holda, real vaqt rejimida elektron kuzatiş va monitoring qiliş tartibini joriy qiliş;
- «probatsiya faoliyati» ta'lim yönalişi va mutaxassisligi böyiça kadrlar tayyorlaşni yölga qöyiş;
- hokimliklar huzuridagi ozodlikdan mahrum etiş joylaridan ozod qilingan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va ijtimoiy moslaştiriş markazlari faoliyatini takomillaştiriş kabi bir qator muhim çoralarni nazarda tutuvçi qarorlar loyihalarini tayyorlaş va qabul qiliş uçun kiritiş vazifasi yuklangan.
Malumot uçun, probatsiya – mahkumlarga qonun hujjatlariga muvofiq ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazolarni qöllaş tizimi hisoblanadi.






