19 yanvar kuni oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulov vazirlik xodimlari iştirokida yiğiliş ötkazgan. Bu haqda vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar qilindi.
Ta'kidlanişiça, yiğilişda vazirlik faoliyatini samarali işlatiş masalalari jamoa iştirokida muhokama qilingan. Unda jumladan, Abduqodir Toşqulov özining vazirlikda ötgan 3 kunlik faoliyati böyiça olgan xulosalari haqida ham gapirgan.
«Vazirlikdagi dastlabki uç kunlik faoliyatimdan kelib çiqib, qisqaça xulosamni aytadigan bölsam, afsuski, taassurotlar kişini xursand qilmaydi.
Jamoada erkin va ijodiy muhit yöqdek, xodimlar horğin va taşabbus körsatmaydi. Sababi, iş tartibi töğri taşkil etilmagan. Nazarimda, inson resurslari notöğri tasarruf qilinmoqda. Xodimlar işda köp vaqt qolib ketişi natijasida jismonan va ruhan çarçagan körinadi. Oilasiga, farzandlar tarbiyasiga e'tibor qaratişga ulgurmasa kerak.
Xodimlarga, avvalo, iş joyida erkin işlaş, ijodiy fikrlaş, qolaversa dam oliş uçun qulay şaroit yaratib beriş va undan keyin iş unumdorligini talab qiliş mumkin», – degan u.
Vazir yiğilişda tizimdagi ayrim strukturalar faoliyatiga ham töxtalib, ularning qoniqarsiz faoliyat yuritayotgani va bugungi kun talablariga javob bermasligini aytgan.
«Bundan buyon har bir boşqarma va bölim faoliyati natijadorligi monitoring qilinişi, samarali faoliyat yuritgan mutaxassislar munosib taqdirlanişi lozim, aksinça öz funksional vazifalarini bajarmaydigan xodimlar bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinadi», – degan Toşqulov.
Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri yiğilişda OTMlarga yuborilayotgan topşiriqlarni muvofiqlaştiriş, bir-birini takrorlaydigan vazifalarni qisqartiriş, ijro intizomiga qat'iy rioya qiliş lozimligi haqida ham gapirgan.
Jumladan, «bugundan boşlab jamoada yangiça iş tartibiga ötsak: qoğozbozlikni imkon qadar kamaytiriş, ortiqça majlisbozlikka çek qöyiş va öz işimizga mehr bilan munosabatda bölib, undan zavqlanib işlaylik. Agar har birimiz zimmamizdagi vazifalarga mas'uliyat bilan yondaşib, bir tanu bir jon bölib, hamjihatlikda işlasak, işimizda albatta unum böladi. Şunda xalqimiz va davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan işonçni oqlaymiz va soha oldiga qöyilgan vazifalarni bajaramiz.
Vazirlik oldida ta'lim sifatini ta'minlaşdek öta mas'uliyatli vazifa turibdiki, bu vazifani oliy ta'lim muassasalari bilan işçanlik va özaro işonç ruhidagi munosabatlarni yölga qöyibgina amalga oşiriş mumkin», – deya Abduqodir Toşqulov sözlarini keltirgan matbuot xizmati.
Yiğilişda kun tartibidagi boşqa masalalar ham muhokama qilinib, qarorlar qabul qilingan.












