Britaniya hukumati amaldorlari koronavirusga musbat test topşirgan fuqarolarning uyda ötirişlari uçun pul tölanişini taklif qilişmoqda. 

Tayyorlangan rejaga köra, bunday fuqarolarga 500 funt sterlingdan (685 dollar) pul tölaş közda tutilmoqda. Hozirça mazkur moliyaviy yordamni karantin vaqtida uyda ötirişga majbur eng kam daromadga ega bölganlarga tölaş közda tutilgan.

Uşbu taşabbus oyiga taxminan 2 mlrd funt sterlingga tuşadi, deb yozadi hujjat loyihasi bilan tanişgan The Guardian naşri.

Buyuk Britaniyada uçinçi marta lokdaun e'lon qilingan, mamlakat koronavirusdan ölimlar soni böyiça Yevropada yetakçilik qilmoqda.

Mamlakat boş vaziri Boris Jonson lokdaun yoz fasligaça davom etişi mumkinligini aytgan.