Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov özining rasmiy sahifalarida maktablardagi Yoşlar yetakçilariga oid yangilikni e'lon qildi. Unda Maktablardagi yoşlar yetakçilarining stavkalari kamaytirilmasligi aytiladi.
“Xuşxabar: Prezidentimiz maktablardagi yoşlar yetakçilari stavkasini kamaytirmaslik böyiça topşiriq berdilar!
Maktablardagi köpçilik yoşlar yetakçilarimizdan joylarda 0,25 stavkasi qisqarişi mumkin ekan, degan xavotirli murojaatlar tuşayotgan edi.
Prezidentimiz tomonidan ötgan haftada ma'naviy-ma'rifiy işlar tizimini tubdan takomillaştiriş yuzasidan ötkazilgan yiğilişda yangi kiritilayotgan ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçi lavozimlariga Yoşlar yetakçilaridan 0,25 stavka qisqartiriş hisobiga emas, balki qöşimça mablağ ajratiş böyiça aniq topşiriq böldi.
Şuning uçun xavotirga örin yöq! Yoşlar yetakçilari endi e'tiborlarini bunday xavotirlarga emas, balki joylarda öz faoliyati samaradorligini oşirişga qaratişlari zarur!
Xabaringiz bor, kuni keça davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga taşriflari davomida IT-parkda yoşlar bilan uçraşuv bölib ötdi. Prezidentimiz Peşku tumanida internet orqali yaxşi daromad olayotgan Şahrillo faoliyati bilan tanişib, juda xursand böldilar. Esingizda bölsa, u pandemiya davrida boşqa yoşlarimiz uçun onlayn darslar tayyorlaşda ham iştirok etgan edi.
Şu örinda, yoşlar yetakçilari har bir maktabning yuqori sinf öquvçilari hamda bitiruvçilari orasidan internet orqali öz mehnati bilan oilasiga daromad keltirayotgan Şahrillo kabi yoşlar faoliyatini köproq tarğib qilib borsa, bu ularning tengdoşlari uçun ham havas, ham örnak bölar edi”, – deyiladi xabarda.








