Xorazm viloyatida avtomobillarni texnik körikdan ötkaziş vakolati tadbirkorlarga ötkazilganidan söng, narxlar qariyb 3 barobar oşgani haqidagi maqoladan söng, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi holatni örganişni boşladi.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Xorazm viloyat hududiy boşqarmasi boşliği Umidbek Qalandarov avtomobillarni texnik körikdan ötkaziş masalasida örganiş boşlanganini ma'lum qildi.

«Texnik körikning faqat bir korxona tomonidan ötkazilişi raqobat töğrisidagi qonun talablariga zid hisoblanadi. Biz bu holatni örganişni boşladik. Texnik körikni xususiy tadbirkorlarga ötkaziş haqidagi hukumat qarori xalq muhokamasiga qöyilmagan», – dedi u.

Joriy yil 1 yanvardan Xorazmda transport vositalarini texnik körikdan ötkaziş tadbirkorlik sub'yektlariga topşirilgani ortidan birinçi navbatda texnik körikdan ötiş narxi keskin oşdi. Misol uçun, qonunçilikda DYHXX (Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati) organlari tomonidan texnik körik xizmati uçun olinadigan qiymat 22,3 ming söm qilib belgilangan. Xorazm viloyatidagi tadbirkorlik sub'yektlari esa texnik körikdan ötkaziş qiymatini 60-65 ming söm miqdorida belgilagan, ya'ni narx qariyb 3 barobar oşdi.

Ammo, texnik körikdan ötkaziş faqat tadbirkorlik sub'yektlariga yuklatilmagan. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi 54-sonli qarori bilan qabul qilingan «Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom»ning 2-bandida haydovçilar texnik körikdan 3ta joyda ötişi mumkinligi belgilangan.

«Bunda jismoniy şaxslar — M1 toifadagi (yengil) transport vositalari egalari öz transport vositasining texnik holati va uskunalari muvofiqligini baholaş uçun öz tanloviga köra, DYHXX organlari, TXS (texnik xizmat körsatiş stansiyalari) yoki (tadbirkorlik) sub'yektlarga murojaat qilişlari mumkin» ekani belgilangan (qavs içidagi izohlar Kun.uz’niki).

Hozirgi vaqtda Urganç şahri va Urganç tumanida istiqomat qiluvçi haydovçilarning transport vositalari «AVTO TRANS SER» MÇJ tomonidan texnik körikdan ötkazilmoqda. Bu korxona Urganç şahri va Urganç tumani YHXB binosiga tutaş hududda joylaşgan hamda M1 toifadagi yengil avtomobillarni texnik körikdan ötkaziş narxini 65 ming söm etib belgilagan.